“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

Kompaniya yangiliklari

09 Nov 2018

Endi aviabiletlarni MasterCard orqali sotib olishingiz mumkin

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi qatnovlariga aviabiletlarni rasmiy veb-sayt orqali sotib olishdagi onlayn to‘lov usullariga MasterCard to‘lov tizimi ham qo‘shildi. Oldin mazkur imkoniyat UzCard va VISA to‘lov tizimlari orqali taqdim etilgan. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK aviabiletlarini www.uzairways.com saytida sotib olishingiz mumkin. Bundan tashqari, saytimizda aviakompaniya samolyotlari sahnidagi ham pullik, ham to‘lovsiz joylarni oldindan tanlash va bronlash imkoniyati ham mavjud.< >

16 Dec 2014

MAK direksiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi

OʻzR Prezidentining “Oʻbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy –iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq «O'zbekiston havo yo'llari» Milliy aviakompaniyasi O'quv-mashg'ulot markazining trenajyor majmuasi boshlig'i Shmidt Viktor Ottovich - «Shuhrat» medali bilan, «O'zbekiston havo yo'llari» Milliy aviakompaniyasining Uchuvchilar majmuasi «Boing» havo kemasi komandiri Nazirov Ulugbek Azizovich,  «O'zbekiston havo yo'llari» Milliy aviakompaniyasining Uchuvchilar majmuasi «A-320» havo kemasi uchuvchi-yo'riqchisi Raximov Shohruh Abdujalilovich - «O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi» unvoni bilan mukofotlangan edilar. Konstitutsiya kiniga bagʻishlab oʻtkazilgan  bayram tadbirida davlat mukofotlari oʻz egalariga tantanali vaziyatda topshirildi. Mukofotlanganlar ularning mehnatlarini yuksak qadrlaganliklari uchun mamlakat rahbariyatiga va «O'zbekiston havo yo'llari» Milliy aviakompaniyasining rahbariyatiga oʻz minnatdorchiliklarini izhor qildilar.
17 Dec 2014

O‘zbеkiston Milliy aviakompaniyasi tarkibiy bo‘linmalarida aviaxodimlar o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kеlinayotgan «O‘z kasbining mohir ustasi» ko‘rik-tanlovi yildan yilga ishtirokchilarning mahorat va istе’dodini yanada kеngroq namoyon etmoqda

«Toshkеnt» aeroportida korxonaning xalqaro, mahalliy hamda yuk tashuvlarini tashkillashtirish xizmatlari agеntlari orasida o‘tkazilgan ana shunday tanlovda ham bir guruh yoshlar kasbga doir bilimlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazish bilan birga epchillik va zukkolik bo‘yicha bor mahoratlarini namoyish etdilar.  Qatnashchilar g‘oliblik shohsupasigacha tanlovning bеshta shartini bajarishdi. Vizitka, blits-so‘rov, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish borasidagi takliflar, yurtimiz hamda aviakompaniya tarixini bilish, murakkab vaziyatlarda kasbiy mahoratni namoyish eta olish kabilar shular jumlasidan. Tanlov natijalariga ko‘ra M.Avazova birinchi, Yu.Kasimova hamda I.Bakibaеva ikkinchi, A.Fayziеv va N.Akramovalar esa uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldilar. M.Avazova MAK rahbariyati tomonidan MAK Faxriy yorlig‘i bilan, qolgan sovrindorlar esa, aeroport kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.  
16 Dec 2014

«Urganch» xalqaro aeroportida yangi yo‘lovchi tеrminali ochilishi

Joriy yilning 15-dеkabrida vohaning sayyohlik salohiyatini yuksaltirish, aviayo‘lovchilarga sеrvis ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda rеspublika havo maskanlari yеr usti infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida «Urganch» aeroportida soatiga 300 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lgan yangi uchib kеtish tеrminali foydalanishga topshirildi. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining «2013-2015-yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch shahri aeroporti binosini xalqaro zamonaviy standartlarni hisobga olgan holda qayta qurish, havo maskanida zaruriy infratuzilmani yaratish va uning moddiy-tеxnik bazasini musta?kamlash, shu jumladan uchib kеtuvchilar uchun biznеs-zalini tashkillashtirish» loyihasi amalga oshirildi. Uning bosh loyihalovchisi – «O‘zshaharsozlik LITI» DUK, pudratchi tashkilot – «93-Maxsustrеst» OAJ. Eslatib o‘tamiz, shu yilning may oyida uchib kеluvchi yo‘lovchilar uchun jahon standartlari talablariga javob bеruvchi yangi tеrminal ham ekspluatatsiyaga topshirilgan edi. Mazkur yangi tеrminallar mamlakatimizga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini yanada oshirishga xizmat qiladi.  Bino dizaynini ishlab chiqishda O‘zbеkistonning zamonaviy arxitеktura tеndеntsiyasi hamda milliy san’at an’analari hisobga olingan holda qadimiy Xiva shahrining o‘ziga xos milliy urf-odat va an’analarini o‘zida mujassam etgan bеzak va naqshlardan foydalanildi. Yangi tеrminal yo‘lovchilarga jahon standartlariga javob bеruvchi zamonaviy qulayliklarga ega. Endilikda binoda xalqaro, mahalliy aviayo‘nalishlar hamda CIP zallari yo‘lovchilar xizmatida bo‘lib, ularning har birida alohida pul ayirboshlash shahobchasi, ona-bola xonasi, tibbiyot punkti mavjud. Binoda aviatsiya xavfsizligini yuqori darajada ta’minlash maqsadida zamonaviy muhandislik va tеxnologik uskunalar o‘rnatilgan. Shuningdеk, Duty-free do‘koni, kafеtеriy ham ishlab turibdi. Yangi tеrminalning tantanali ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimi Bobojonov P.R., «93-Maxsustrеst OAJ» pudratchi tashkiloti bosh dirеktori Normurodov R.R., «Urganch» xalqaro aeroporti xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Ta’kidlash joizki, yangi yo‘lovchilar uchib kеtish zalining ekspluatatsiyaga topshirilishi 2015-yilning 28-yanvarida nishonlanadigan «O‘zbеkiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi tashkil topganligining 23 yilligiga munosib tuhva bo‘ldi.
09 Dec 2014

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK mutaxassislari «Boeing» kompaniyasi tomonidan Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida tashkil etilgan havo kemalarini yuklash va sentrovkalash bo‘yicha o‘quv kursini muvaffaqiyatli o‘tadilar

MAK tashuvlarni tashkil qilish va yerda xizmat ko‘rsatish xodimlari bilan bir qatorda turli aviakompaniyalarning 40 ga yaqin mutaxassislari ham o‘quv kursini o‘tadilar. «Boeing» o‘quv markazi xodimlari tinglovchilarni umuman havo kemalarining va xususan «Вoeing» kompaniyasi samolyotlarini sentrovka  qilish asoslari, usullari va vositalari bilan tanishtirdilar. Bundan tashqari, tinglovchilar «Boeing», IATA, JAA (Joint Aviation Authorities Training Organisation), FAA (Federal Aviation Administration) hujjatlari bilan ishlashni o‘rgandilar, ulardagi havo kemalarini sentrovkalash masalalari yuzasidan o‘zaro bog‘liq tomonlarini ta’kidladilar. O‘quv kursining har bir bosqichi amaliy topshiriqlarni bajarish orqali mustahkamlab borilib, natijalai o‘qituvchilar tomonidan izohlab borildi. Eslatib o‘tamiz, joriy yilda Milliy aviakompaniya yo‘lovchi havo kemasini qayta jihozlab tayyorlangan «Boeing-767-300BCF» yuk samolyotlarini ekspluatatsiya qilishni boshlaydi. Ularning birinchisi MAK aviaparkiga olib kelindi.
01 Dec 2014

«Uzbekistan airways technics» aviakorxonasida stol tennisi bo‘yicha “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va O‘zbekiston aviaxodimlari kasaba uyushmalari MK birinchiligi uchun navbatdagi turnir bo‘lib o‘tdi

Turnir stol tennisini ommalashtirish va aviakompaniya shaxsiy tarkibi o‘rtasida jismoniy tarbiyani rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. Eng sevimli sport turlaridan hisoblangan stol tennisi bo‘yicha musobaqalarda aviaxodimlar komanda tarkibida va shaxsiy birinchilikda kuch sinashdilar.  Bu safargi sport musobaqasida HABA, “MAI” aviakompaniyasi, O‘zaeronavigatsiya Markazi, “UAT” AK, shuningdek “Toshkent”, “Navoiy”, “Andijon”, “Farg‘ona”, “Buxoro”, “Termiz”  aeroportlaridan 18 ta komanda ishtirok etdi. To‘rt kun davom etgan bahslar natijasida eng yaxshi komandalar aniqlandi: uchinchi o‘rinni “Termiz”  aeroporti, ikkinchi o‘rinni “Buxoro” aeroporti egalladi. Mutloq g‘oliblikni esa mezbon komanda - “UAT” AK egalladi. Shaxsiy birinchilikda ham eng yaxshi sportchilar aniqlandi, bular: “UAT” AK xodimlari M.Abdullayev va I.Sultangaliyevlar va “MAI” aviakompaniyasi xodimi A.Tkachenkolar bo‘lishdi. Kuchli komandalar va o‘yinchilarga tashkilotchilar tomonidan sovrinlar va esdalik sovg‘alar topshirildi.
27 Dec 2014

“O‘zbekiston havo yo‘llari”dan Yevropaga yangi yil chegirmalari

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy  aviakompaniyasi Yevropa yo‘nalishida maxsus yangi yil tariflarini o‘rnatadi. 2014-yilning 27-noyabridan  2015-yilning  31-yanvarigacha bajariladigan qatnovlarga reklama doirasida iqtisodiy klassdagi maxsus pasaytirilgan tariflar bo‘yicha Toshkentdan Parijga, Londonga, Milanga, Rimga, Frankfurtga boradigan va qaytadigan qatnovlariga aviachiptalar xarid qilish mumkin. Maxsus tarif bo‘yicha joylar soni cheklangan.
20 Nov 2014

«Uzbekistan airways technics» aviakorxonasida Milliy aviakompaniyaning ushbu bo‘linmasi tashkil topganligining 90 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbirda Milliy aviakompaniya Bosh direktori V.N.Tyan so‘zga chiqib «Uzbekistan airways technics» rahbariyati va xodimlarini bayram bilan tabrikladi. Xususan u oxirgi o‘n yillikda erishilgan yutuqlar mamlakat fuqaro aviatsiyasining rivojlanish yo‘li naqadar to‘g‘ri tanlanganligini ko‘rsatayotganligini ta’kidladi. Nisbatan qisqa muddatlarda aviatsiya texnikasiga xizmat ko‘rsatish va yangi rusumdagi samolyotlar uchun malakali texnik xodimlar tayyorlash bo‘yicha xalqaro standartlarga va ilg‘or texnologiyalarga mos keladigan baza yaratildi.  «Uzbekistan airways tecnics» bugungi kunda respublikadagi eng ilg‘or tuzilmalardan biri hisoblanadi, u MDH davlatlari va xorij mamlakatlari o‘rtasida ishonchli hamkor-aviata’mirlovchi sifatida obr‘o qozongan. MAK Bosh direktorining buyrug‘i bilan «UAT» ning 18 xodimi Faxriy yorliqlar, pul mukofotlari bilan taqdirlandilar va bo‘linmaning 90 yillik yubileyi sharafiga ularga minnatdorchilik e’lon qilinib, esdalik sovg‘alari topshirildi. O‘zbekiston aviaxodimlari kasaba uyushmalari respublika  kengashi raisi Sh.Mingaliyev AK rahbariyatiga tabrik xati yo‘lladi va bayram sovg‘asini taqdim etdi. Kasaba  uyushmalari respublika  kengashi tomonidan shuningdek aviakorxonaning xizmat ko‘rsatgan xodimlariga faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari topshirildi. «UAT» AK iqtidorli xodimlari bayram konsert dasturini namoyish etib, yig‘ilganlarga xo‘sh kayfiyat ulashdilar.
20 Nov 2014

Elektron hukumat

Davlat moliyasini boshqarishga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish va “Elektron hukumat”ni rivojlantirish dasturlarini rivojlantirishda Moliya vazirligining ishtiroki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori bilan 2013 yildan 2014 yilgacha O‘zbekiston Respublikasida elektron hukumat tizimini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar va chora-tadbirlar tasdiqlangan bo‘lib, qaror davlat hokimiyati organlari oldiga axborot tizimlarini yaratish va ularni o‘zaro integratsiyalashtirish, davlat organlari faoliyatini avtomatlashtirish vazifalarini qo‘ygan. Mazkur vazifalar davlat hokimiyati organlari o‘z funktsiyalarini bajarishi sur‘ati va sifatini oshirish imkonini beradi.  Aviasozlik sahosida esa aviakompaniyani rivojlantirish va uning ijrosini nazorat qilishning samarali mehanizmini yaratish ham qonunchilik hokimiyati, soliq to'lovchilar uchun va byudjet tashkilotlari uchun ko'zda tutilgan.O‘z navbatida, dasturiy mahsulotlarni sifatli tatbiq etishga bo‘lgan ehtiyoj qator tashkiliy va infratuzilmaviy islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadiki, bu jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
05 Nov 2014

“Buxoro” xalqaro aeroportida ilk marotaba Arab Amirliklarining Boeing-787 Dreamliner havo kemasida bajarilgan charter qatnovi qabul qilindi

Parvozlarni ta’minlaydigan barcha xizmatlar bu voqeaga katta tayyorgarlik ko‘rishdi. Xususan, maxsus transport xizmati, aerodrom, YMM, tashuvlarni tashkil qilish, perron-texnik brigadasi xodimlari bilan Boeing-787 samolyotining taktik-texnik xarakteristikalari, uning tuzilishidagi o‘ziga xos jihatlari va boshqa tashkiliy masalalar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu ma’lumotlar bilan tanishtirish, aeroportning tayyorgarligini tekshirish MAK Parvozlar xavfsizligi bo‘yicha inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi.   Buxoro havo maskani mutaxassislari “Orzudagi layner”da tashrif buyurgan ekipaj a’zolari va mehmonlarning tahsinlariga sazovor bo‘lishdi.
03 Nov 2014

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyotidan yuk samolyotiga aylantirilgan birinchi Boeing-767-300BCF yuk samolyoti “Toshkent” xalqaro aeroportiga yetib keldi

Bu MAKning ikkita Boeing-767-300 ER  havo kemasini  Boeing-767-300BCF ga qaytadan jihozlash bo‘yicha loyihasini amalga oshirish doirasida tayyorlangan birinchi samolyotidir. Xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda, yo‘lovchi laynerlarini yuk laynerlariga qaytadan jihozlash – bu yo‘lovchi tashuvlarini bajarish uchun ham jismonan, ham ma’nan eskirgan havo kemalarini ekspluatatsiya qilishni davom ettirishning eng maqbul usulidir.  Bu asosiy aviatsiya mezoni – parvozlar xavfsizligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu loyiha mamlakatimiz hukumatining qo‘llab-quvvatlashi va moliyaviy ta’minoti ostida amalga oshirilmoqda. Uning maqsadi xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan zamonaviy yuk samolyotlari parkini yaratish, ”Navoiy” aeroporti bazasida Intremodal logistika markazini rivojlantirish, shuningdek Milliy aviakompaniyaning yuk tashuvlari hajmini oshirishdir. Samolyotlarni yuk tashish uchun qayta jihozlash «Boeing» kompaniyasi tomonidan Singapurdagi «Саско» kompaniyasi aviata’mirlash bazasida amalga oshiriladi. Birinchi  Boeing-767-300BCF samolyotini qayta jihozlash jadval bo‘yicha nihoyasiga yetkazildi, avialayner Milliy aviakompaniyaning mutaxassislari tomonidan tegishli tekshiruv ishlari bajarilganidan so‘ng qabul qilindi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va «Boeing» kompaniyasi o‘rtasidagi kelishivga muvofiq  ikkinchi qayta jihozlangan samolyot joriy yilning dekabr oyida yetib keladi.

Pages