Kompaniya yangiliklari

09 Nov 2018

Endi aviabiletlarni MasterCard orqali sotib olishingiz mumkin

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi qatnovlariga aviabiletlarni rasmiy veb-sayt orqali sotib olishdagi onlayn to‘lov usullariga MasterCard to‘lov tizimi ham qo‘shildi. Oldin mazkur imkoniyat UzCard va VISA to‘lov tizimlari orqali taqdim etilgan. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK aviabiletlarini www.uzairways.com saytida sotib olishingiz mumkin. Bundan tashqari, saytimizda aviakompaniya samolyotlari sahnidagi ham pullik, ham to‘lovsiz joylarni oldindan tanlash va bronlash imkoniyati ham mavjud.< >

01 Feb 2019

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Italiyadan birinchi “vizasiz” sayohni kutib oldi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining Milan - Toshkent qatnovida poytaxtimizga  vizasiz tashrif buyurayotgan ilk sayyoh uchib keldi. Davlatimiz rahbarining "O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq, 2018-yil fevraldan boshlab Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiyalik fuqarolar uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy etildi, ushbu ro‘yxatga mart oyida Tojikiston, oktyabrda - Fransiya kiritiladi. 2019-yil 1-fevraldan esa, mamlakat hududiga  kirgan kunidan boshlab 30 kunlik muddatga vizasiz rejim yana 45ta davlat fuqarolari uchun amalga kiritildi. Mazkur ro‘yxatda Italiya Respublikasi ham bor. I.Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida birinchi "vizasiz" sayyohni Milliy aviakompaniya va poytaxt aeroporti vakillari esdalik sovg‘alari hamda aviakompaniyaning reklama mahsulotlari bilan kutib olishdi. Mamlakatimizga ilk bor  tashrif buyurgan italiyalik mehmon Giglio Massimo bir haftalik safari davomida poytaxtning barcha diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurib, mintaqamizning boy tarixiga chuqurroq nazar tashlashni rejalashtirmoqda. U O‘zbekiston va uning qadimiy tarixi haqida ko‘p eshitganligi va vizasiz rejim joriy etilganligini bilganidan so‘ng, hammasini o‘z ko‘zi  bilan ko‘rishga qaror qilganini aytdi. Shuningdek, aviakompaniyaning Milandan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarining qulayliklari haqida ta’kidlab o‘tdi. Ekipaj a’zolariga parvoz davomidagi qulayliklar uchun minnatdorchilik bildirgan holda, aviakompaniya faoliyatiga muvaffaqiyatlar va kelgusi ishlariga rivoj tiladi. Ta‘kidlash joizki, bir qator xorijiy mamlakatlar fuqarolarining respublikamiz hududiga kirish va yashashining soddalashtirilishi  davlatlararo madaniy, ilmiy aloqalarni va ta‘lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga, shuningdek, investitsiyalar, qo‘shma biznes loyihalari ijrosini va O‘zbekistonga sayyohlar oqimini sezilarli darajada oshirishga yordam beradi. Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi haftada bir marta Italiyaning - Milan va Rim shaharlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi qatnovlarini amalga oshirmoqda. Yozgi navigatsiya davomida ularning soni haftasiga 2 marotabaga ko‘payadi.
01 Feb 2019

Vladivostok - Toshkent yo‘nalishida tariflar pasaytirilishi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi 2019-yil 9-fevraldan 30-martga qadar amalga oshiriladigan Vladivostok-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha tariflarni pasaytiradi. Xozirda "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Toshkent-Vladivostok-Toshkent yo‘nalishidagi qatnovlarni haftada bir marta shanba kunlari  quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiradi (MAHALLIY VAQT): Vladivostok (23:05) – Tashkent (01:50+1) Tashkent (09:10) – Vladivostok (21:05) "O‘zbekiston havo yo'llari" Milliy aviakompaniyasining aviabiletlarini rasmiy veb-saytida yoki "O‘zbekiston havo yo‘llari" ning barcha savdo offislarida sotib olishga shoshiling, o‘rindiqlar soni cheklangan.
01 Feb 2019

Toshkent-Almati qatnovlar tarifi pasaytirildi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Toshkent-Almati va Toshkent-Almati-Toshkent yo‘nalishlaridagi aviabiletlar narxini pasaytirdi. MAK  tomonidan mazkur  yo‘nalishdagi qatnovlarlar  har kuni haftasiga 10ta qatnovni bajaradi. Milliy aviakompaniya www.uzairways.com rasmiy veb-saytida yoki "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAKning barcha savdo offislarida aviabiletlarni hisobini chiqarish va sotib olish imkoniyati mavjud.  
01 Feb 2019

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi - "Yangi yo‘nalishni rivojlantirayotgan aviakompaniya" nominatsiyasi laureati

Joriy yilning 23-25-yanvar kunlari "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi yetakchi sayyohlik ko‘rgazmalaridan biri “OTM  MUMBAI  2019”da o‘z xizmatlarini namoyish etdi.  Mazkur yarmarkada faol ishtiroki uchun "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi " Yangi yo‘nalishni rivojlantirayotgan aviakompaniya" nominatsiyasida taqdirlandi.  Yarmarka davomida MAKning  O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikdagi stendiga yuqori martabali mehmonlar tashrif  buyurishdi. Jumladan, Janubiy Afrika Respublikasining turizm Ministri Derek Hankom, O‘zbekistonning qadimiy  shaharlari - Toshkent va Samarqandga tashrifidagi unutilmas xotiralari borligini qayd etdi va Milliy aviakompaniyaga  muvaffaqiyat va farovonlik tilab qolidi.  Milliy aviakompaniyaniya stendi mamlakatimizga tashrif buyurish qoidalari mamlakatimiz orqali transfer qatnovlarini bajarilishi, milliy aviatashuvchining parvozlar geografiyasi, parvoz jadvali, samolyotlar parki, bagaj qoidalari kabi masalalar bilan qiziqqan ko‘plab ishtirokchi va mehmonlarning e‘tiborini tortdi. Hindistonning sayyohlik tashkilotlari vakillari tomonidan MAK qatnovlarida mahalliy aholining Hindistondan Toshkentga guruh safarlari bo‘yicha parvozlarini, shuningdek,Tel-Aviv, Baku, Almati, Moskva, Parij, London shaharlariga transfer tashuvlarini tashkil etish imkoniyatlari qiziqish bildirildi. Milliy aviakompaniyaning OTM MUMBAI-2019dagi ishtiroki nafaqat MAK brendi va uning imkoniyatlarini kengaytirish, balki butun O‘zbekiston Respublikasini o‘ziga jalb etuvchi turistik yo‘nalish sifatida taqdim etish imkonini berdi. Ta‘kidlash joizki, "O‘zbekiston havo yo‘llari" Mumbayga 2018-yil 2-noyabrdan belgilangan muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘ygan. Toshkent - Mumbay - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga 3 marta seshanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
01 Feb 2019

Yaxshilar yodi barhayot

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti mutaxassislari, MAK Uchuvchilar majmuasi Mehnat faxriysi, uchuvchi E.Gʻulomov, Oʻzbekiston Qahramoni Z.Saydazimov, uchuvchi-yoʻriqchi D.Muxamedjanov, yoʻriqchi-bortkuzatuvchilar, poytaxt havo maskani yoshlar ittifoqi faollari hamda aeroport xodimlari ishtirok etdi. Tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi ilmiy-tadqiqot va taʼlim markazi mudiri V.Kuchkorov Islom Karimov rahbarligida hayotga tatbiq etilgan oʻziga xos va noyob taraqqiyot yoʻli – “oʻzbek modeli”, shu asosda olib borilayotgan bugungi izchil islohotlar tufayli oʻzbek iqtisodiyotining barcha tarmogʻi jadal rivojlanayotganini alohida taʼkidladi. U I.Karimovning ijtimoiy-siyosiy mavzularda yaratgan asarlari borasida ham alohida toʻxtalib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti  katta ilmiy xodimi, falsafa fanlari nomzodi R.Nazarov “Islom Karimov va aviatsiya” mavzusidagi taqdimot bilan ishtirok etib, davlat arbobining serqirra faoliyati, oʻzbek aviatsiyasi rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi, mavjud tarixiy faktlar va fotomateriallarni yigʻilganlarga taqdim etdi. - Islom Abdugʻaniyevich bilan ilk bor uchrashgan kunim hali hamon yodimda, - deydi Uchuvchilar majmuasi uchuvchi-yoʻriqchisi, Oʻzbekiston Qahramoni Z.Saydazimov. – U kishini samolyot trapi oldida kutib oldim, menga tabassum bilan qoʻl uzatdilar. Oʻsha kundan boshlab, koʻp yillar davomida Birinchi Prezidentimiz bilan birga dunyoning koʻplab mamlakatlariga parvoz qildik. Samolyot va texnikaga katta qiziqish bilan qarar edilar. Fuqaro aviatsiyasi rivojida ham ularning oʻrnilari beqiyos. Xorij samolyotlarini oʻzlashtirish borasidagi keng koʻlamli ishlar, qabul qilingan qarorlar birinchi navbatda I.Karimov tashabbusi bilan amalga oshirilgan. 2001-yil 11-sentyabr voqealarida ikkilanmasdan qaror qabul qilishimizda ham Birinchi Prezidentimizning qatʼiyatliklari menga kuch bagʻishlagan. Ularga oʻxshashga va ulardan oʻrnak olishga harakat qilganman. Menga “Oʻzbekiston qahramoni” unvonini topshirayotganlarida bu mukofot butun oʻzbek aviatsiyasiga berilgan baho, deb bilganman. Tadbir ishtirokchilari Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti boʻlgan Islom Karimov tomonidan yurtimiz taraqqiyoti, uning obodligi, xalq farovonligi yoʻlida amalga oshirilgan ishlar mangulikka muhrlanib qolishini alohida qayd etdilar. Shuningdek,  mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, davlat taraqqiyoti yoʻlida yuksak fidoiylik koʻrsatib mehnat qilganlari xalqimiz uchun ibrat namunasi boʻlib qolishini ham taʼkidlab oʻtdilar.
29 Jan 2019

Bayram shukuhi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi tashkil topganining 27 yilligi MAK tarkibiy bo‘linmalarda keng nishonlandi. Jumladan, I.Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida ham bo‘lib o‘tgan tantanali yig‘ilishga aeroport rahbariyati, bo‘lim va xizmat mutaxassislari, soha faxriylari, korxona yoshlari va mehmonlar tashrif buyurishdi. Tadbirda soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan korxona xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. MAK Bosh direktorining buyrug‘iga asosan aeroportning 7 nafar mutaxassisi “MAK mehnat faxriysi” unvoniga sazovor bo‘ldi, 3 xodimga aviakompaniyaning Faxriy yorlig‘i topshirildi, 3 nafar xodim pul mukofoti bilan taqdirlandi, 16 nafar soha mutaxassislariga esa, minnatdorchilik e’lon qilindi. Bayramning tantanali qismi aeroport xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davon etdi. Shuningdek, respublikaning yosh xonandalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, namoyish etilgan milliy raqslar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
29 Jan 2019

"O‘zbekiston havo yo‘llari" - MDH mamlakatlarida eng jadal rivojlanayotgan aviatashuvchi

2018- yil yakuniga ko‘ra “Pulkovo” aeroportini boshqaruvi "Vozdushniye Vorota Severnoy Stolitsi" kompaniyasi Sankt-Peterburg havo maskanining eng yaxshi aviakompaniyalarini mukofotladi. Aviatashuvchilar “Pulkovo”ga transfer qatnovlarni bajarish va marshrut tarmog‘ini rivojlantirish, yo‘lovchilar tashish hajmini ko‘paytirish yo‘lidagi xizmatlari uchun  taqdirlandilar. 11 nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar 2019- yil 25-yanvarda, har yili o‘tkaziladigan  an‘anaviy LED Together marosimda e‘lon qilindi.   O'zbekiston milliy aviakompaniyasi MDH davlatlarida eng jadal rivojlanayotgan aviakompaniya deb e’tirof etildi. 2018- yil yakunlariga ko‘ra MAK “Pulkovo” aeroportida 240 ming kishiga xizmat ko'rsatdi, bu 2017-yil ko‘rsatkichiga nisbatan 14,5 foizga ko‘p, uchish-qo‘nishlar soni 110 operatsiyadan oshdi.   Bugungi kunda "O‘zbekiston havo yo‘llari" "Pulkovo" aeroportiga haftasiga Toshkentdan - 5ta, Samarqanddan - 4ta, Urganchdan - 3ta qatnovni amalga oshiradi. Farg‘ona, Namangan, Termiz va Buxoro shaxarlaridan esa haftada bitta qatnovni bajaradi. Parvozlar zamonaviy va qulay avialaynerlarda, jumladan, Boeing 787 Dreamlinerda ham amalga oshiriladi.
28 Jan 2019

28 yanvar - "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK tashkil topgan kun

MAK Direktsiyasida O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi tashkil etilishining 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda aviakompaniya tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari, turli xizmat va bo‘limlar mutaxassislari, soha faxriylari ishtirok etdilar. Tantanali yig‘ilishni MAK Bosh direktori Baxtiyor Xakimov ochar ekan, butun jamoani aviakompaniya tashkil topgan kun bilan tabrikladi va uning rivoji yo‘lidagi xizmatlari hamda qo‘shgan hissalarini ta‘kidlab o‘tdi. Tantanali muhitda aviaxodimlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasida professional va samarali mehnati uchun hamda "O‘zbekiston havo yo‘llari" tashkil etilganligining 27 yilligi munosabati bilan 7 nafar aviaxodim "MAK Mehnat faxriysi" unvoni, 31 nafar xodim MAK Faxriy yorlig‘i, 32 nafar mutaxassis pul mukofoti bilan taqdirlandi va 96 nafar aviaxodimga minnatdorchilik bildirildi. Tadbirga taklif etilganlardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatori Valeriy Tyan ham yig‘ilganlarni aviakompaniya bayrami bilan tabrikladi. Soha faxriylarining mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi va yoshlarning soha rivojidagi o‘rnini ta’kidlagan holda aviakompaniya jamoasiga yanada ulkan muvaffaqiyat va yangi yuksaklikka erishishini tiladi. An‘anaga ko‘ra, MAK Xodimlar boshqarmasi ijtimoiy siyosat bo‘limi tomonidan tayyorlangan bayram dasturida aviakompaniya iste’dodli yoshlari, “Toshkent”, “Farg‘ona” xalqaro aeroportlari, "UAT" aviakorxonasi, Uchuvchilar majmuasi yosh mutaxassislari ishtirok etdi. I.Kamilova va K.Salmanova rahbarligidagi "Serpantinki" va "Aladdin" bolalar raqs ansambllarining rang-barang chiqishlari yig‘ilganlarga o‘zgacha zavq bag‘ishladi. Shuningdek, aviakompaniya haqidagi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar va hazil sahna ko‘rinishlari ham ijro etildi. Konsert ishtirokchilarning yorqin namoyishlari zalga bayramona kayfiyat bag‘ishladi va hech bir tomoshabinni befarq qoldirmadi.
29 Jan 2019

Toshkent-Mineralniye Vodi-Toshkent yo‘nalishidagi qatnovlar soni oshiriladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi  2019-yilning 2-aprelidan boshlab, Toshkent-Miniralniye Vodi-Toshkent xalqaro yo‘nalishida ikkinchi qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Qatnovlar seshanba kunlari zamonaviy havo laynerlarida quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi (MAHALLIY VAQT): HY-645 Toshkent 13:35 – Mineralniye Vodi 15:05 HY-646 Mineralniye Vodi 16:55 – Toshkent 21:55
23 Jan 2019

O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi Madriddagi sayyohlik ko‘rgazmasida o‘z xizmatlarini taqdim etdi

23-yanvar kuni "FITUR-2019" Xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi Ispaniya poytaxti Madrid shaxrining IFEMA ko‘rgazma markazi hududida o‘z ishini boshladi. Ko‘rgazmani rasmiy ravishda Ispaniya Qiroli Filipp VI ochdi. FITUR-2019da O‘zbekiston yagona milliy stend bilan ishtirok etmoqda, unda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK hamda O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari o‘z xizmatlari va mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini namoyish etmoqda. Ushbu forum iste‘molchilar talabining o‘zgarishi va, odatda, turizm biznesini targ‘ib qilishni hisobga olgan holda, turizm sohasidagi kelajak strategiyalarini ishlab chiqish uchun global kommunikatsion platforma bo‘lib xizmat qiladi.                   Mazkur yarmarka Lotin Amerikasi bozoriga kirishning eng muhim yo‘li hisoblanadi. Har yili unda dunyoning 165 dan ortiq mamlakatidan 10 000 dan ortiq eksponent kompaniyalari ishtirok etmoqda, uning mehmonlari soni 250 mingdan oshadi, ulardan 60 foizi turizm sohasi mutaxassislari, 40 foizi esa, aholining keng qatlamlaridan iborat. Tadbirni dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan 7500 nafar muhbirlar yoritib boradi. Shuningdek, 23-yanvar kuni FITUR-2019 ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasining Ispaniyadagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston sayyohlik salohiyatining taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbarining "O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoniga binoan Ispaniya Qirolligi 2019-yil 1-fevraldan boshlab, 30 kun muddatga vizasiz rejim tuzilgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilgani, o‘z navbatida Ispaniyadan mamlakatimizga sayyohlar oqimini oshirishga turtki bo‘ldi. 2018-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan ispaniyalik sayyohlar soni 7 mingdan oshdi.

Pages