Kompaniya yangiliklari

09 Nov 2018

Endi aviabiletlarni MasterCard orqali sotib olishingiz mumkin

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi qatnovlariga aviabiletlarni rasmiy veb-sayt orqali sotib olishdagi onlayn to‘lov usullariga MasterCard to‘lov tizimi ham qo‘shildi. Oldin mazkur imkoniyat UzCard va VISA to‘lov tizimlari orqali taqdim etilgan. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK aviabiletlarini www.uzairways.com saytida sotib olishingiz mumkin. Bundan tashqari, saytimizda aviakompaniya samolyotlari sahnidagi ham pullik, ham to‘lovsiz joylarni oldindan tanlash va bronlash imkoniyati ham mavjud.< >

13 Mar 2019

"O‘zbekiston havo yo‘llari" MITT-2019 ishtirokchisi

O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi 12-14-mart kunlari Moskvadagi "Expocentre" Markaziy ko‘rgazma majmuasida bo‘lib o‘tadigan yirik xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Ushbu sayyohlik ko‘rgazmasida MAK xizmatlari  mamlakatning yettita turistik tashkiloti bilan birgalikda O‘zbekistonning yagona milliy stendi tarkibida namoyish etilmoqda. Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasining turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.  MITT-2019 dasturi MITT Digital va Travel Trends konferentsiyalari, Market Shocks muzokaralari, “Turizm-oilaviy biznes” tok-shou va boshqa tadbirlari bilan boyitilgan. Ko‘rgazmaning uch kunlik ishi davomida "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviatashuvlar sohasidagi o‘z xizmatlarini taqdim etadi. Shuningdek, O‘zbekiston milliy aviakompaniyasining parvozlari orqali sayyohlik guruhlarini O‘zbekistonga tashish bo‘yicha doimiy hamkorlar bilan B2B formatida uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda. MITT - MDH davlatlarida bo‘lgani kabi chet ellarda ham turizm industriyasidagi eng yirik tadbirdir. Bu yilgi ko‘rgazmada 230ta mamlakat vakillari ishtirok etmoqda. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining nafaqat MITTda, balki boshqa xalqaro sayyohlik ko‘rgazmalari va yarmarkalaridagi faol ishtiroki, o‘z yo‘lovchilarini yetakchi korporatsiyalar  “Boeing” va “Airbus” avialaynerlarida qulay va xavfsiz parvoz bilan ta‘minlaydigan hamda samolyot bortida va yerda sifatli xizmat ko‘rsatib,  barqaror rivojlanayotgan aviakompaniya sifatidagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda.
13 Mar 2019

Toshkent aeroportida sayyohlar uchun birinchi axborot markazi ochildi

12-mart kuni I.Karimov nomidagi  “Toshkent”  xalqaro aeroportining uchib keluvchilar zalida xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatish uchun respublikada birinchi Axborot markazining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent shahar hokimiyati, "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK, turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, poytaxt havo maskani va Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Ushbu markazning vazifasi mamlakatimizga  uchib kelayotgan chet ellik mehmonlarga barcha zarur ma‘lumotlarni taqdim etishdan iborat. Markaz xodimlari aeroport mutaxassislari bilan birgalikda poytaxtga tashrif  buyuradigan mehmonlarga Toshkent va O‘zbekistondagi ekskursiya va sayohat turlari dasturi, sayyohlik yo‘nalishlari xaritasi, respublikamizning sayyohlik salohiyati haqida axborot broshyuralari, shuningdek, uyali aloqaga ulanish bo‘yicha xizmat, transfer xizmati, taksi bron qilish, mehmonxona va tunash uchun boshqa joylarni bron qilish xizmatlarni taklif etishadi. Ta’kidlash joizki, ushbu ob‘ektning ochilishi 2019-2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish kontseptsiyasida ko‘zda tutilgan. Mazkur hujjatga muvofiq sayyohlik axborot markazlarini butun mamlakat bo‘ylab o‘rnatish rejalashtirilgan.
10 Mar 2019

Toshkent-Bangkok-Toshkent yo‘nalishida 10-11-mart kunlari uchib ketuvchilar uchun ma‘lumot

HY533 Toshkent – Bangkok 10 mart kuni uchish vaqti 17:30ga ko‘chirildi, Bangkokga  qo‘nish vaqti 04:00+ HY423 Bangkok-Toshkent 11 mart kuni 05:30ga ko‘chiriladi, Toshkentga qo‘nish  vaqti 12:00 MAHALLIY VAQT   Uzbekistan Airways ushbu noqulayliklar uchun uzr so‘raydi. Mazkur yo‘nalishlarda uchayotgan yo‘lovchilar ushbu raqamlar bilan bog‘lanishlarini so‘raydi: Bagkokdagi vakolatxona: +66-2-134-24-66 “Toshkent” aeroporti: +99878-140-28-01 +99878-140-28-02 +99878-140-28-03 +99878-140-28-04 ** Koll-markaz (8:00dan 20:00gacha): +99878-140-02-00
10 Mar 2019

Toshkent-Riga-Toshkent yo‘nalishida 11-mart kuni uchib ketuvchilar uchun ma‘lumot

Uzbekistan Airways  qatnovlar jadvaliga o‘zgarishlar kiritmoqda: HY103 Toshkent – Riga uchish vaqti 12:00, qo‘nish vaqti 14:30 HY423 Riga -Toshkent  uchish vaqti 16:00, qo‘nish vaqti 23:55 MAHALLIY VAQT Uzbekistan Airways ushbu noqulayliklar uchun uzr so‘raydi. Mazkur yo‘nalishlarda uchayotgan yo‘lovchilar ushbu raqamlar bilan bog‘lanishlarini so‘raydi: “Toshkent” aeroporti: +99878-140-28-01 +99878-140-28-02 +99878-140-28-03 +99878-140-28-04 ** Koll-markaz (8:00dan 20:00gacha): +99878-140-02-00
10 Mar 2019

Toshkent-Tel-Aviv-Toshkent yo‘nalishida 11-mart kuni uchib ketuvchilar uchun ma‘lumot

Uzbekistan Airways  qatnovlar jadvaliga o‘zgarishlar kiritmoqda: HY301 Toshkent – Tel-aviv uchish vaqti 12:05, qo‘nish vaqti 14:35 HY302 Tel-Aviv-Toshkent  05:30ga ko‘chiriladi, Toshkentga qo‘nish  vaqti 12:00 MAHALLIY VAQT Uzbekistan Airways ushbu noqulayliklar uchun uzr so‘raydi. Mazkur yo‘nalishlarda uchayotgan yo‘lovchilar ushbu raqamlar bilan bog‘lanishlarini so‘raydi:   “Toshkent” aeroporti: +99878-140-28-01 +99878-140-28-02 +99878-140-28-03 +99878-140-28-04 ** Koll-markaz (8:00dan 20:00gacha): +99878-140-02-00
11 Mar 2019

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK Airbus A320neo - eng zamonaviy avialayner ekspluatatsiyasini boshlaydi

2019-yil 11-mart kuni O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi parki iqtisodiy jihatdan  samaradorligi yuqori bo‘lgan birinchi Airbus A320neo samolyoti bilan to‘ldirildi. Ushbu laynerikki klassli komponovkada ishlangan bo‘lib, 150 yo‘lovchini (biznesda - 12ta, ekonom klassda - 138ta) tashishga mo‘ljallangan. Yangi samolyot  yoqilg‘i tejamkorligini ta’minlovchi CFM International kompaniyasining LEAP-1A dvigatellari va aerodinamik xususiyatlarini yanada yaxshilash imkonini beruvchi fyuzelyaj konstruksiyasidagi zamonaviy ishlanmalar tufayli oldingilariga nisbatan 20 foizga tejamkordir. Iqtisodiy samaradorligi yuqori avialaynerning parvoz masofasi 4,5 mingdan 5 ming kilometrgacha uzaytirilganligi “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga butun Markaziy Yevropa bo‘ylab qatnovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Samolyot salonining zamonaviy dizayni parvoz davomida  yo‘lovchilarga maksimal qulaylik yaratadi. Qulay va keng o‘rindiqlar, har bir yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan individual ko‘ngilochar dasturli monitorlar, aloqa va Wi-Fi tizimlari, shuningdek, samolyot sahnida havoni sofligini saqlash va to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlovchi mukammallashtirilgan konditsioner tizimi parvozdan o‘zgacha zavq olishga sabab bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, ikkita Airbus A320neo samolyotini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma 2017-yilda MAK rivojlanish strategiyasi hamda aviaparklarni modernizatsiya qilish va yangilash dasturiga muvofiq imzolangan edi. Shu oyning oxirida esa, ikkinchi samolyotning keltirilishi kutilmoqda. Bugungi kunda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi zamonaviy samolyotlardan iborat aviaparkka ega bo‘lib, aviatashuvchining barcha qatnovlari dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari – “Airbus” va “Boeing” kompaniyalarining Boeing-757/767, Boeing-787-8 Dreamliner, Airbus A320 havo kemalari hamda Boeing-767-300BCF yuk samolyotlarida amalga oshirilmoqda.
06 Mar 2019

Sizga ehtirom, munis ayollar!

Joriy yilning 5-mart kuni Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi binosida “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishonini tantanali topshirish marosimi oʻtkazildi. Mazkur tadbirda jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshgan, shuningdek, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targʻib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan bir guruh xotin-qizlar mukofotlandilar. Tantanali marosimda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasida koʻp yillar davomida faoliyat yuritgan,fidoyi va jonkuyar aviaxodimlar - “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi Havo aloqalari Bosh agentligi bosh hisobchisi - Dilyaram Ataniyazova, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi, “Oʻzaeronavigatsiya” Markazi Davlat korxonasi, Xodimlar bilan ishlash bulimi boshligʻi – Surayyo Kadirova hamda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi, Oʻquv-mashq Markazi arxivchisi – Shoira Rasulovalar “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar. 8 mart - Nafosat bayrami arafasida Milliy aviakompaniyamiz ayollariga koʻrsatilgan bunday yuksak hurmat va ehtirom, koʻp yillik mehnatlarining eʼtirof etilishi ularning shijoatini yanada oshiradi, albatta. Istagimiz, onajonlarimiz va opa-singillarimizni bahoriy goʻzallik, nafislik, begʻuborlik hamda soflik hech qachon tark etmasin!
04 Mar 2019

“Korruptsiya – taraqqiyot kushandasi”

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, Toshkent davlat yuridik universiteti va O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakillari ishtirokida poytaxt havo maskanining rahbar tarkibi bilan “Korruptsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘zga chiqqan Toshkent aviatsiya transport prokurori Sh.Mamadjanov, TDYuU o‘ituvchisi, yuridik fanlar kandidati V.Kudryavtsev va O‘zLiDeP deputati V.Svetkov bizning mamlakatimizda korruptsiya va unga aloqador jinoyatlarning oldini olish hamda uning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirayotganini ta’kidlab o‘tishdi. Mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni va davlatimiz rahbarining ushbu qonunni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoni muhim hujjat hisoblanadi. Tadbir ishtirokchilari korruptsiyaning asosiy turlari, korruptsion jinoyatlar sub’ekt va ob’ektlari, bu kabi huquqbuzarliklarni aks ettiruvchi qonunlar, ushbu ijtimoiy illatga qarshi kurashning xalqaro tajribasi bilan tanishdilar. Qolaversa, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining ushbu ijtimoiy jihatdan salbiy hodisalarga qarshi kurashdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Aviatsiya sohasidagi korruptsiya jinoyatlarining statistikasi va ushbu zararli harakatga oid hayotiy misollar keltirildi. Uchrashuv yakunida tashkilotchilar tomonidan jamiyatda korruptsiya mavjudligi nafaqat huquqiy yoki yuridik, balki axloqiy muammo ekanligi, ushbu hodisaga qarshi kurashishda korruptsiyaning har qanday ko‘rinishiga jamiyatning noroziligini oshirish talab etilishi ta’kidlandi.
03 Mar 2019

Toshkent-Tel-Aviv yo‘nalishida 2-mart kuni uchib ketuvchilar uchun ma‘lumot

Uzbekistan Airways 3-mart kunidagi jadvaliga o‘zgarishlar kiritmoqda: HY301 Toshkent – Tel-Aviv uchish vaqti 07:30, qo‘nish vaqti 09:00 HY423 Toshkent - Dehli - Amritsar 10:30ga ko‘chiriladi MAHALLIY VAQT Shuningdek, parvozlar yo‘nalishining o‘zgarishi sababli parvoz davomiyligi oshadi. Uzbekistan Airways ushbu noqulayliklar uchun uzr so‘raydi. Mazkur yo‘nalishlarda uchayotgan yo‘lovchilar ushbu raqamlar bilan bog‘lanishlarini so‘raydi: “Toshkent” aeroporti: +99878-140-28-01 +99878-140-28-02 +99878-140-28-03 +99878-140-28-04 ** Koll-markaz (8:00dan 20:00gacha): +99878-140-02-00
02 Mar 2019

Toshkentdan Bangkok, Dehli va Amritsarga 2-mart kuni uchib ketuvchilar uchun ma‘lumot

HY533 Toshkent - Bangkok  11:30ga ko‘chiriladi HY423 Toshkent - Dehli - Amritsar 10:30ga ko‘chiriladi MAHALLIY VAQT Shuningdek, parvozlar yo‘nalishining o‘zgarishi sababli parvoz davomiyligi oshadi. Uzbekistan Airways ushbu noqulayliklar uchun uzr so‘raydi. Mazkur yo‘nalishlarda uchayotgan yo‘lovchilar ushbu raqamlar bilan bog‘lanishlari mumkin: ** “Toshkent” aeroporti: +99878-140-28-01 +99878-140-28-02 +99878-140-28-03 +99878-140-28-04 ** Koll-markaz (8:00dan 20:00gacha): +99878-140-02-00

Pages