“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

Yoshlar – yurt kelajagi

24 Apr 2019

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi rahbariyati yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning intilishlari, salohiyati va tashabbuslarini rag‘batlantirish, aviatsiya sohasida bilim va tajriba orttirishiga katta e’tibor qaratmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-iyuldagi PF-5106-sonli  "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi Farmonini bajarish maqsadida, Milliy aviakompaniyada har oyda MAK rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. MAK Direktsiyasi va Toshkent hududining tarkibiy bo‘linmalarining Yoshlar ittifoqi faollari va yetakchilarining  navbatdagi ochiq muloqot yig‘ilishi Yerusti inshoatlarini ekspluatatsiya qilish va aerodromlarni boshqarish depertamenti (YIEvaABD) rahbariyati bilan bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv qatnashchilariga yangi terminallarni qurish va ob‘ektlarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar haqida keng ma‘lumot berildi. Shuningdek, ular aviakompaniyaning yangi loyihalari va yerusti infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha kelgusidagi rejalari bilan tanishdilar. Ularning e‘tiboriga joriy yilning 5-10-aprel kunlari Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro baxshichilik san‘ati musiqa festivali arafasida foydalanishga topshirilgan “Termiz”  xalqaro aeroportidagi yangi terminalining imkoniyatlari taqdim etildi.

Ta’kidlash joizki, MAK Xodimlar boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida har oy o‘tkaziladigan “Ochiq muloqot” muhokama maydoniga aylandi, bu esa, aviakompaniya Yoshlar ittifoqi faollari va yetakchilariga eng dolzarb muammolarni ko‘tarish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish va ularga javoblar olishga sharoit yaratdi.

Aviakompaniyamizning barcha korxona va aeroportlarida o‘tkaziladigan bu kabi uchrashuvlar rahbariyat va yoshlar o‘rtasida bevosita muloqotning yana bir shakli bo‘lib, yoshlarga katta avlodning O‘zbekiston aviakompaniyasining nufuzi va mavqeini oshirish hamda  soha rivojidagi bilim,  mahorat va tajribalaridan oqilona foydalanishga imkon yaratadi.

Yangiliklar arxivi

Pages