“Uzbekistan airways” AJ

Yangi yuk aviaqatnovi

24 Jul 2017

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasida Guanchjou (Xitoy) aeroportiga yangi yuk qatnovi  ochish boʻyicha tayyorgarlik ishlari bormoqda.

Hozirgi paytda  MAK Tijorat departamenti Yuk tashuvlari boshqarmasi mutaxassislari Guanchjouga yuk qatnovlari  bajarishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash va ma’lumotlar toʻplash bilan shugʻullanmoqdalar. Manzil aeroportda slot olish masalalari,  shuningdek  “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning Boeing-767-300ER yuk samolyotlarining Navoiy aeroporti orqali uchish jadvali ishlab chiqilmoqda.

Yangi yuk aviaqatnovining ochilishi Oʻzbekiston Milliy aviatashuvchisiga nafaqat Navoiy xalqaro aeroporti orqali parvozlar xaritasini kengaytirish imkonini beradi, balki Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida biznes-hamkorlikni mustahkamlashga ham xizmat qiladi, shuningdek mamlakatimizdagi qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik va boshqa mahsulotlar eksportyorlariga oʻz mahsulotlarini Xitoy bozoriga olib chiqishlari uchun yangi imkoniyatlarni ham ochadi.