Yangi yoʻnalish: Samarqand-Istanbul-Samarqand

03 Oct 2017

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi Samarqand-Istanbul-Samarqand yoʻnalishi boʻyicha qatnovlarni bajarishni boshlaydi.

Qatnovlar 2017-yilning 30-oktabridan boshlab dushanba kunlari bajariladi.

Jadval quyidagicha:

HY 275 Samarqand-Istanbul: Samarqanddan uchish 20:00, Istanbulga yetib borish 23:00

HY 276 Istanbul-Samarqand: Istanbuldan uchish 00:30 (+1), Samarqandga yetib borish 06:45*

*Barcha punktlarda uchish mahalliy vaqtlarda koʻrsatilgan.

Aviachiptalarni onlayn bronlash va sotib olishni saytimizning “Onlayn-bronlash” boʻlimida amalga oshirishingiz mumkin, shuningdek aviachiptalarni barcha sotish shoxobchalaridan sotib olishingiz mumkin.

Ma’lumotlar olish uchun telefonlar:

Toshkentda: 140-02-00.

Samarqandda: (366) 232-36-59 (366) 232-36-41.

Yangiliklar arxivi

Pages