“Uzbekistan airways” AJ

Xalqaro yo'nalishlarga aviachiptalarni onlayn-bronlash va sotish

17 Oct 2016

Hurmatli yo'lovchilar!

2016-yilning 18-oktabridan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi aviachiptalarni onlayn-bronlash va ular uchun UzCard bank kartochkalari vositasida haq toʻlash boʻyicha  xizmatlar turini kengaytiradi. Endi, istalgan vaqtda uydan yoki ofisdan turib siz   respublika ichidagi, shuningdek yaqin va uzoq  xorij mamlakatlariga aviachiptalarni mustaqil ravishda rasmiylashtirishingiz mumkin.

Buyurtmani rasmiylashtirish tartibi oddiy va tushunarli. Buning uchun siz aviakompaniyaning www.uzairways.com saytiga kirishingiz kerak. Xizmatlar aviachiptalar sotishning amaldagi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi va UzCard plastik kartalari vositasida aviachiptalar uchun haq toʻlanadi. Keyingi bosqichda VISA va Mastercard valyuta plastik kartalari yordamida haq toʻlash tizimini amalga tadbiq etish rejalashtirilgan.

Internet orqali bronlash va haq toʻlash muvaffaqiyatli amalga oshirilganda,  bronlash paytida koʻrsatilgan elektron manzilga va mobil telefonga elektron chiptaning yoʻnalish raspechatkasini olasiz, unda Sizning safaringiz haqida batafsil ma’lumotlar aks etadi, shuningdek xarid tasdiqlanganligi va UzCard plastik kartochkasidan mablagʻ yechib olinganligi toʻgʻrisida SMS-xabar ham olasiz.

Uchib ketish aeroportida elektron aviachiptaning  raspechatkasi va yoʻlovchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (pasportni)     koʻrsatish kifoya.

Internet orqali bronlash va haq toʻlash qatnov uchib ketishidan kamida 3 soat oldin amalga oshirilishi mumkin.

Ma’lumotlar olish uchun telefon: 140-02-00.