“Uzbekistan airways” AJ

Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) vakillari va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK mutaxassislarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

07 Oct 2014

Uchrashuv davomida  IATAning Yevropa, Rossiya va MDH davlatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Rafael Shvartsman assotsiatsiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, hozirgi bosqichda xalqaro fuqaro aviatsiyasi hal qilayotgan muammolar haqida gapirib berdi va mintaqaviy hamkorlik rejalari bilan tanishtirdi. Shuningdek o‘zbek fuqaro aviatsiyasining parvozlar xavfsizligini ta’minlashdagi tajribasini yuqori baholab, mintaqada parvozlar xavfsizligii ta’minlash uchun MDH davlatlarida foydalanish maqsadini bayon qildi.

IATA vakillari O‘zbekistonda aviatsion yuklarni tashish masalalariga bag‘ishlangan mintaqaviy forum (Aviation Cargo Day Uzbekistan 2015) o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishdi, bu  O‘zbekiston yuk tashuvlarini rivojlantirishga ijobiy turtki beribgina qolmasdan, “Navoiy” xalqaro  intermodal logistika markazi ishini olg‘a surish, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK havo kemalarining xususiy yuk floti sur’atlarini oshirish, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK O‘quv-mashq markazi tarkibida IATAning sertifikatlangan trening markazini tuzish va mutaxassislarning malakasini oshirish imkonini beradi, bu esa o‘qitish yo‘nalishlari sonini sezilarli kengaytirish, MAK O‘MM ishini yanada kuchaytirish, mintaqaviy miqyosda fuqaro aviatsiyasi xodimlarini o‘qishga jalb qilishga yordam beradi.

O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi o‘z navbatida IATAning hamkor aviakompaniyalar tomonidan tashuv hujjatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi kelishuvlarni tuzishning standart tartibotlarini tezlik bilan bajarishni ta’minlash, parvozlar xavfsizligi hamda  yo‘lovchilar va yuk tashuvchi mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarini qo‘llab-quvvatlash, aviakompaniyalarda zamonaviy sotish va yo‘lovchilar hamda yuk tashuvlariga xizmat ko‘rsatish texnologiyalarini tadbiq etish, amaliy konferensiyalar va seminarlarda ishtirok etish, IATA tomonidan ishlab chiqiladigan va nashr etiladigan texnologik va texnik standartlardan foydalanish bo‘yicha bir qator dasturlarida ishtirok etib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi vaqtda IATA dunyoning beshta qit’asida muntazam tijorat tashuvlarini bajaradigan 270 dan ortiq aviakompaniyani birlashtiradi. Jahon aviatashuvlari umumiy hajmining 84% IATA a’zolari hissasiga  to‘g‘ri keladi.