Xalqaro bank kartalari boʻyicha onlayn aviachiptalar

12 Nov 2017

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi TIF MB bilan hamkorlikda aviachiptalarni aviakompaniyaning korporativ sayti orqali sotilishini ta’minlash boʻyicha loyihaning navbatdagi bosqichini ishga tushirdi, unga koʻra aviachipta uchun toʻlovlarni xalqaro bank kartalari orqali amalga oshirish mumkin boʻladi.

10-noyabrdan boshlab aviachipta uchun haqni VISA bank kartalari orqali toʻlash mumkin.

Keyingi bosqichda MasterCard, American Express plastik kartalari va boshqa turdagi kartalardan foydalanish imkonini beruvchi xalqaro toʻlov tizimini ulash koʻzda tutilgan.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va MB ning bevosita ishtirokida, shuningdek elektron kommersiyasini rivojlantirishga toʻsqinlik qiluvchi sabablarni bartaraf etish yuzasidan oʻrkazilgan chora-tadbirlar, interaktiv xizmatlarni joriy qilish uchun tegishli sharoitlarning yaratilishi ushbu loyihaning qisqa muddatlarda amalga oshirilishiga imkon beradi.

Interaktiv xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha tadbirlar majmuasini amalga oshirish “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK qatnovlariga aviachiptalarni dunyoning istalgan nuqtasida sotishga imkon beradi va Oʻzbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirishga yordam beradi.

Yangiliklar arxivi

Pages