“Uzbekistan airways” AJ

Uzbekistan Airways “Workshop Tashkent 2019 - Welcome to Georgia” forumi ishtirokchisi

10 Jun 2019

2019-yil 10-iyunda Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK ko‘magida Leisure Business Travel xalqaro sayyohlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan Workshop Toshkent 2019 - Welcome to Georgia forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘lami turizm xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyalarga qaratilgan ushbu tadbirda yangi aloqalar o‘rnatish va hamkorlarlik munosabatlarini mustahkamlashdan manfaatdor bo‘lgan  turistik tashkilotlar, mahalliy va xorijiy ishbilarmon doiralar vakillari, shuningdek, Gurjistonning turli kurortlaridagi eng yaxshi mehmonxonalari ishtirok etdi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi forumda transport sohasidagi imkoniyatlari, jumladan, parvozlar jadvallari, yo‘nalishlar, aviapark modernizatsiyasi, yer usti infratuzilmasi, shuningdek, aviakompaniya Markaziy Osiyo mintaqasining jadal rivojlanib borayotgan aviatashuvchisi sifatida  hozirda yo‘lovchilariga taqdim etayotgan texnologik yangiliklari borasida to‘liq ma’lumot berdi.

Workshop Tashkent 2019 -Welcome to Georgia loyihasi doirasida O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi Toshkent-Tiflis-Toshkent yo‘nalishida bepul aviabiletlar o‘yini tashkil etdi. Bu mazkur yo‘nalish bo‘yicha MAK muntazam qatnovlarining ochilishi arafasida sayyohlik sohasi vakillari o‘rtasida o‘ziga xos reklama vazifasini bajardi.