“Uzbekistan airways” AJ

«Uzbekistan Airways Technics» navbatdagi «Tadjik Air» samolyotini qabul qildi

26 Aug 2019

26-avgust kuni I.Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportiga

“O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining “Uzbekistan Airways Technics” (UAT) aviakorxonasida texnik ko‘rik va ta‘mirdan o‘tish (TXvaT)  uchun kelgan “Tadjik Air”ning navbatdagi samolyoti qo‘ndi.

Bu “Tajik Air” aviakompaniyasining “UAT” aviakorxonasida TXvaTdan o‘tayotgan birinchi avialayner emas. Tojikiston aviakompaniyasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik 2016-yildan beri yo‘lga qo‘yilgan. Kelgan samolyotda texnik xizmat ko‘rsatishning C-shek murakkab shaklini o‘tkazish rejalashtirilgan.

- Bizning aviakompaniyamiz G‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta‘mirlashning barcha turlarini amalga oshirish uchun zarur texnik vositalarga va malakali xodimlarga ega. Uning quvvati texnik xizmat ko‘rsatishning bo‘yashdan tortib, to mukammal ta‘mirlashgacha bo‘lgan deyarli barcha murakkab shakllarini nafaqat o‘z samolyotlariga, balki ushbu xizmatlarni xorijiy tashuvchilarga ham taqdim etishga imkon beradi. Aviakompaniyamiz mutaxassislari mijozlarning talablarini qondirish, xususan, o‘z vaqtida va samolyotga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqdalar, - dedi «UAT» aviakorxonasining G‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish markazi bosh menedjeri Oleg Volokitin.

Har yili SCAT (Qozog‘iston) aviakompaniyasining samolyotlari, Tadjik Air va boshqa xorijiy aviakompaniyalarning samolyotlariga Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish korxonasida texnik xizmat ko‘rsatilmoqda.    Joriy yilning oxiriga qadar yana bir tojik aviakompaniyasi va Qozog'istonning SCAT aviakompaniyasining bitta samolyoti MROga kelishi kutilmoqda. 

Ta‘kidlash joizki, bugungi kunda "Uzbekistan Airways Technics" aviakompaniyasining samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta‘mirlash bo‘yicha buyurtmalar to‘plami juda tig‘iz bo‘lib, bu o‘z navbatida uning xorijdagi imidji ijobiy ekanligidan dalolat beradi.