“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

Uzbekistan Airways Istanbulning “Otaturk” nomidagi aeroportiga qatnovlarni to‘xtatdi va parvozlarni “Istanbul New Airport” yangi aeroportiga ko‘chiradi

02 Apr 2019

Hurmatli yo‘lovchilar!

2019-yil 7-apreldan boshlab "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining O‘zbekistondan Istanbulga bajaradigan barcha borish-qaytish qatnovlari “Otaturk” nomidagi xalqaro aeroportidan İstanbulning Yevropa qismi tomonidan 35 kilometr shimolda joylashgan (Istanbul New Airport) yangi xalqaro aeroportiga  ko‘chiriladi. Shu kundan boshlab, “Otaturk” nomidagi aeroport yo‘lovchi qatnovlari uchun yopiladi.

Turkiya Aviatsiya hukumatining qaroriga muvofiq 2019-yilning 5-6-aprel kunlari (Istanbul sh.) “Otaturk” nomidagi aeroportiga/dan bajariladigan barcha xalqaro qatnovlar bekor qilindi.

Shu munosabat bilan:

2019-yil 5-apreldagi HY271 / 272, HY273 / 274, HY275 / 276 qatnovlari bekor qilindi;

2019-yil 6-apreldagi HY271 / 272, HY273 / 274 qatnovlari bekor qilindi.

  • Belgilangan qatnovdagi aviabiletlarga ega bo‘lgan yo‘lovchilar uchun "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi aviabiletlarni sotib olish joyiga qaytarish yoki aviabiletning amal qilish muddatiga qadar jarima to‘lamasdan vaqtini o‘zgartirish imkoniyatini beradi;
  • Qisman ishlatilgan aviabiletlarni harid qilingan joy, MAKning xorijdagi vakolatxonalari yoki HABA Davlat unitar korxonasida qayta bron qilish mumkin;

Qatnovlarga kechikish va ro‘yxatdan o‘z vaqtida o‘tish   hamda barcha uchish oldi rasmiyatchiliklaridan saqlanish maqsadida “Uzbekistan Airways” o‘z yo‘lovchilarini yangi aeroportga belgilangan vaqtdan kamida uch soat oldin kelishini so‘raydi.

Shuningdek, aviakompaniya Istanbul shahridagi yangi aeroportda ro‘yxatdan o‘tish parvozdan 1 soat oldin, havo kemasiga chiqish esa, parvoz jadvalidagi vaqtdan 20 daqiqa oldin amalga oshirilishini eslatib o‘tadi.

Malumot uchun telefonlar:

Toshkent: +998 78 140 02 00

Istanbul: + 90-212-296-46-31 / 32

Yangiliklar arxivi

Pages