Turkiyaning immigratsiya qoidalari
- 30119 reads
12 Jan 2015
Turkiyaning «Chet elliklar va Xalqaro himoya to`g`risidagi» 6458-Qonuniga muvofiq 2014- yilning 11- aprelidan chet el fuqarolarining Turkiyaga kirishi uchun pasportning minimal ruxsat etilgan yaroqlilik muddati joriy qilingan edi. Ushbu qonun 2015- yilning 1- yanvaridan kuchga kirdi. Ushbu qonunning 7- moddasiga binoan pasporti yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatining yaroqlilik muddati 60 kundan kam bo‘lgan shaxslarga Turkiyaga kirishga ruxsat berilmaydi. Turkiya hududida vizasiz 30 kungacha bo‘lishiga ruxsat etilgan chet davlatlari fuqarolarining pasportlaridagi amal qilish muddati tugashiga 3 oydan kam bo‘lmagan vaqt qolgan bo‘lishi kerak.