“Uzbekistan airways” AJ

Toshkent-Xabarovsk-Toshkent to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter qatnovlari qayta yo‘lga qo‘yilmoqda

21 Jun 2019

Uzbekistan Airways Milliy aviakompaniyasi Platinum Fly Travel bilan hamkorlikda 2019-yil 8-iyuldan boshlab Toshkent-Xabarovsk-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnovlarini qayta yo‘lga qo‘yadi.

Xabarovsk – Rossiyaning Uzoq Sharqdagi yirik shaharlaridan biri bo‘lib,  xalqaro temir va havo yo'llari kesishuvi markazida joylashgan ma'muriy, madaniy va sanoat markazi.

Yozgi mavsumda "O'zbekiston havo yo'llari" milliy aviakompaniyasi tomonidan  Toshkent-Xabarovsk-Toshkent yo'nalishidagi parvozlarni shinam va qulay Boeing-767 samolyotlarida amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, qatnovlar ikki haftada bir marta bajariladi. 

Ta’kidlash joizki Xabarovsk va Toshkent o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri parvozlar 2018-yil iyul oyidan beri amalga oshirilmayapti.

 Toshkentdan HY3537 qatnovi bilan uchish 10:30da, Xabarovskga qo‘nish  22:30da, parvoz  vaqti 7 soat.

Xabarovskdan HY-3538 qatnovi bilan uchish  01:00da, Toshkentga qonish 03:30da, parvoz vaqti 7 soat 30 daqiqa.

Biletlar hamkorlarimizning quyidagi manzilda joylashgan ofislarida sotilmoqda:

1. Toshkent shahri , Bobur ko‘chasi, 40б-uy.

Тel.: + 99893 516-71-71, + 99893 566-75-75;

2. Xabarovsk shahri, Sheronova-3 ko‘chasi, 3-ofis.

Тel.: + 7 914 411-00-00, + 7 800 200-97-47.