“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha tariflar arzonlashdi

29 May 2018

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi shu yilning 3-iyunidan 8-sentyabrigacha Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishida iqtisodiy klass minimal tariflarini pasaytirdi. Parvoz narxi bir tomonga 430 EUR (4,037,924 so‘m), borish va qaytish 829 EUR (7,788,863 so‘m) tashkil qiladi.

Shuningdek, «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK yo‘lovchilarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida joriy yilning 3-iyunidan Samarqand Nyu-York yo‘nalishida yelvizak tariflarni kiritdi. Bu yo‘lovchilarga Samarqand-Toshkent ichki yo‘nalishida parvoz uchun qo‘shimcha yig‘imsiz aviabiletlarni rasmiylashtirish imkonini beradi.

Aviabiletlarni sotuvi tashuv rasmiylashtirilgan kindagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank kursi bo‘yicha milliy valyutada amalga oshiriladi.

Yangiliklar arxivi

Pages