“Uzbekistan airways” AJ

Toshkent-Myunxen-Toshkent yangi yo‘nalishi ochilmoqda

19 Sep 2019

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi yangi muntazam Toshkent—Myunxen—Toshkent yo‘nalishi ochilishi munosabati bilan joriy yilning 19-sentyabridan chiptalar sotuvi boshlanganini e’lon qiladi.

Toshkentdan Myunxenga va qaytish yo‘nalishidagi ekonom klass aviabiletlarining narxi 520 yevrodan boshlanadi.

O‘zbekiston aviatashuvchisining Toshkent-Myunxen-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlari 2020-yilning 1-aprelidan boshlab, har shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi paytda O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi haftada uch marotaba dushanba, payshanba va shanba kunlari Germaniyaning yirik iqtisodiy markazlaridan biri - Frankfurt shahriga muntazam qatnovlarni amalga oshirmoqda.