“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

Toshkent aeroportida sayyohlar uchun birinchi axborot markazi ochildi

13 Mar 2019

12-mart kuni I.Karimov nomidagi  “Toshkent”  xalqaro aeroportining uchib keluvchilar zalida xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatish uchun respublikada birinchi Axborot markazining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent shahar hokimiyati, "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK, turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, poytaxt havo maskani va Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ushbu markazning vazifasi mamlakatimizga  uchib kelayotgan chet ellik mehmonlarga barcha zarur ma‘lumotlarni taqdim etishdan iborat. Markaz xodimlari aeroport mutaxassislari bilan birgalikda poytaxtga tashrif  buyuradigan mehmonlarga Toshkent va O‘zbekistondagi ekskursiya va sayohat turlari dasturi, sayyohlik yo‘nalishlari xaritasi, respublikamizning sayyohlik salohiyati haqida axborot broshyuralari, shuningdek, uyali aloqaga ulanish bo‘yicha xizmat, transfer xizmati, taksi bron qilish, mehmonxona va tunash uchun boshqa joylarni bron qilish xizmatlarni taklif etishadi.

Ta’kidlash joizki, ushbu ob‘ektning ochilishi 2019-2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish kontseptsiyasida ko‘zda tutilgan. Mazkur hujjatga muvofiq sayyohlik axborot markazlarini butun mamlakat bo‘ylab o‘rnatish rejalashtirilgan.

Yangiliklar arxivi

Pages