“Termez” xalqaro aeroportining yangi yo‘lovchi terminali

08 Apr 2019

"O‘zbekiston havo yo‘llari" MAKning investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish ishlari doirasida "Termez" xalqaro aeroportida yangi yo‘lovchi terminali qurilishi yakunlandi.

Termizdagi Baxshichilik san‘ati xalqaro festivali ochilish marosimi arafasida yangi yo‘lovchi terminali festival mehmonlari va ishtirokchilarini kutib oldi. Ular aeroportda yo‘lovchilar uchun yaratilgan  qulayliklar hamda xodimlar xizmatlaridan mamnun  bo‘lishdi.

Zamonaviy terminal soatiga 400 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Asosiy e‘tibor  bojxona nazorati, yukni qabul qilish va nazoratdan o‘tish jarayonini  tezlashtirilishiga qaratilgan. Terminalning kutish va CIP zallari, ona va bola xonalari, erkak va ayollar uchun namoz xonalari, tibbiy ko‘rik xonasi va boshqa bo‘limlarida yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, Duty Free savdo do‘konlari, bepul Wi-Fi va xorijiy sayyohlar uchun viza berish sektorlari mavjud.

Ushbu terminal yangi xalqaro qatnovlar ochilishi va sayyohlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qiladi.  

Hozirgi vaqtda Termiz shahri aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagi va boshqa aerodrom qoplamalarini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

Yangiliklar arxivi

Pages