“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

Qadriyatlar qadrlangan diyor

25 Mar 2019

Turizm industriyasi, xususan ichki turizm yurtimiz iqtisodiyotining muhim tarmogʻi hisoblanadi. Mamlakatimizning har bir hududi oʻziga xos jozibaga ega. Qadim oʻtmishdan soʻzlovchi tarixiy yodgorliklarni koʻrish, boy merosimizni oʻrganish har bir kishida milliy oʻzlikni anglash, anʼana va qadriyatlarga hurmat tuygʻusini shakllantiribgina qolmay, oʻz vatani tarixini bilishga sabab boʻladi. Urf-odatlarimiz, meʼmorchiligimiz moʻjizalari mana necha asrlardirki, barchani lol qoldirib kelmoqda.

Navroʻz bayrami munosabati bilan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK Direksiyasi Xotin-qizlar qoʻmitasi va kasaba uyushmasi tomonidan “Battuta Travel” koʻmagida aviakompaniya xodimlari uchun qadimiy va navqiron Buxoro shahriga sayohat uyushtirildi.

Ikki kunlik sayohat davomida aviaxodimlar dastlab Buxoro shahrida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, xiyobonlar, muassasalar va muzeylar bilan tanishdilar. Shahardagi “Minorai Kalon”, Ismoil Somoniy maqbarasi”, Ark qalʼasi”, Poi Kalon meʼmoriy majmui”, Labi Xovuz”, Masjidi Kalon”, “Yetti Pir”, Mir Arab madrasasi”, Nodir Devonbegi madrasasi”, “Sitorai Moxi xosa saroyi”, “Shayx Bahouddin Naqshband ziyoratgohi” kabi maskanlarni ham ziyorat qilishdi. Shuningdek, xalq ijodiyoti anʼanalarini davom ettirayotgan ustalar qoʻli bilan yaratilgan miniatyura, naqqoshlik, charm va yogʻoch oʻymakorligi hamda zardoʻzlik mahsulotlari namoyish etilgan amaliy sanʼat koʻrgazmasining ham guvohi boʻlishdi.

Yangiliklar arxivi

Pages