“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

O‘zbekistonning shaharlaridan Ostonaga qulay tariflar!

15 Feb 2019

Joriy yilning 15- fevralidan boshlab, O‘zbekiston hududiy aeroportlaridan Ostanaga uchadigan qatnovlarga kesishuv tariflari joriy etildi, bu esa Toshkent orqali Ostonaga aviabiletlarni yanada arzon narxda rasmiylashtirish imkonini beradi.

Mazkur tariflar Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Termiz, Urganch va Nukus aeroportlaridan bajariladigan parvozlar uchun amal qiladi.

Toshkent-Ostona reyslari haftasiga uch marta, dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Avianiletlarni aviakompaniyasining www.uzairways.com rasmiy sayti yoki "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAKning barcha savdo ofislarida sotib olishingiz mumkin.

 

Yangiliklar arxivi

Pages