O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlarida "Yashil yo‘laklar" ochildi

31 Dec 2017

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi aviayo‘lovchilarga 2018 -yilning 1- yanvaridan, barcha xalqaro aeroportlarda O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tish joylarida ikkita yo‘lak tizimi ( "yashil" va " qizil") ishga tushganligini xabar qiladi. 

Uzbekistan Airways mutaxassislari tomonidan xalqaro aeroportlarda lkkita yo‘lak tizimi faoliyatini ta‘minlash uchun barcha infratuzilma izhlari o‘tkazildi. Bojxona chegarasi orqali o‘tadigan aviayo‘lovchilar notijorat maqsadlar uchun tovarlarni deklaratsiya qilish shakli sifatida "yashil" yo‘lakni, bojxona amaliyotlarini o‘tkazish uchun esa " qizil" yo‘lakni tanlashlari mumkin.

Amalga oshirilgan chora- tadbirlar yo‘lovchilar oqimi logistikasini anchagina yaxshilashga imkon beradi. Bojxona rasmiylashtiruvini umume‘tirof etilgan standartlarga muvofiq holga keltirish va bojxona rasmiyatchiliklarini soddalashtirish turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish va nazorat usullari samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Yangiliklar arxivi

Pages