“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

O‘zbekiston sayyohlik salohiyatining taqdimoti

15 Mar 2019

14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida MITT-2019 xalqaro turistik ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining aviatsion imkoniyatlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi  Botir Asadov ochib berdi. Shuningdek, Rossiya turoperatorlar assotsiatsiyasi hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK vakillari  o‘z taqdimotlari  bilan ishtirok etishdi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK yo‘nalishlar tarmog‘i, aviapark modernizatsiyasi, yerusti infratuzilmasi va bugungi kunda aviakompaniya yo‘lovchilarga taqdim etayotgan  texnologik yangiliklar borasida to‘liq ma’lumotlarni taqdim etdi.

Taqdimot doirasida Rossiya Federatsiyasining xalq artisti Yuriy Stoyanov Oʻzbekistonning Rossiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi. Artist bu qadar yuksak ishonch uchun Oʻzbekiston xalqiga chuqur minnatdorchilik bildirgan holda Rossiyada Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini  har taraflama targ‘ib etishini ta’kidladi.

Albatta, ikki mamlakatning turizm sohasidagi hamkorligi Rossiya fuqarolari orasida Oʻzbekiston yo‘nalishini ommalashtirib, yurtimizga sayyohlar oqimini oshirishga imkon yaratadi.

Yangiliklar arxivi

Pages