“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

O‘zbekiston Respublikasi voyaga yetmagan fuqarolarining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

09 Oct 2014

O‘zbekiston Respublikasining voyaga etmagan fuqarolari uchun davlat chegarasini kesib o‘tish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining voyaga etmagan fuqarolarini O‘zR davlat chegarasi orqali o‘tishlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

 O‘zbekiston Respublikasi viza tartibiga ega bo‘lgan mamlakatlarga (uzoq xorij davlatlari, Turkmaniston) chiqish.

 - 15 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari - "Ruxsat berilgan" stikeri mavjud bo‘lgan biometrik pasport yoki bola pasportida ko‘rsatilgan hamroh shaxs haqidagi ma’lumotli chet el pasporti, shuningdek, tashrif buyurayotgan mamlakatning kirish vizasiga muvofiq.

 - xorijiy davlatlarda doimiy yashaydigan 15 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari - "Ruxsat berilgan" stikeri mavjud bo‘lgan biometrik pasport yoki shaxs haqidagi ma’lumotli chet el pasporti, shuningdek, tashrif buyurayotgan mamlakatning kirish vizasiga muvofiq.

 - 15 dan 18 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari - "Ruxsat berilgan" stikeri mavjud bo‘lgan biometrik pasportlar yoki ota-onalardan biri yoki ikkisining (vasiylar) hamrohligida tashrif buyuradigan mamlakatga kirish vizasi, yoki mustaqil chiqish uchun notarial tasdiqlangan ota-ona(vasiy)larning roziligi mavjud bo‘lsa chet el pasporti asosida.

- xorijiy mamlakatlarda doimiy yashaydigan 15 dan 18 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari - "Ruxsat berilgan" stikeri mavjud bo‘lgan biometrik pasportlar bo‘yicha yoki chet el pasportiga, shuningdek, tashrif buyuradigan mamlakatga kirish vizasi bo‘yicha.

O‘zbekiston Respublikasi vizasiz tartib o‘rnatgan (Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Tojikiston) MDH mamlakatlariga chiqish.

- 15 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari - biometrik yoki chet el pasportlariga muvofiq, agar ichki ishlar organlarining bolaga hamrohlik qilayotgan shaxs to‘g‘risidagi ma‘lumotlar ko‘rsatilgan muhri (HAMROHLIK QILUVCHI SHAHS) bo‘lsa.

 - 15 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari -  bolani kuzatib boruvchi shaxs to‘g‘risidagi ma‘lumot, "Ruxsat berilgan" stikeri mavjud biometrik pasport yoki "HAMROHLIK QILUVCHI SHAHS" chet el pasportiga asosan.

- xorijda doimiy yashaydigan 15 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining MvaFRBB bo‘limlari yoki Tashqi ishlar vazirligining konsullik Boshqarmasi tomonidan biriktirilgan shaxs to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni ko‘rsatuvchi (HAMROHLIK QILUVCHI SHAHS) muhri mavjud biometrik yoki xorijiy pasportlar asosida.  Hamrohlik qilayotgan shaxslar haqidagi muhrlar xorijda yashovchi 15 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ular konsullik ro‘yxatidan o‘tgan yoki  o‘tmaganliklaridan qat’i nazar barchaga qo‘yiladi va Tashqi ishlar vazirligi (Toshkent shahri hududida) xodimining imzosi va muhri bilan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining MvaFRBB xodimi (Toshkent shahridan tashqarida - viloyat bo‘linmalarda - viza muhri bilan, tumanlar bo‘linmalarda - gerbli muhr bilan) tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 

Shu bilan birga, ba‘zi hollarda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining biometrik va xorijiy pasportlarida hamrohlik qiluvchi shaxslar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar ularining muhri va Tashqi ishlar vazirligi xodimining imzosi bilan tasdiqlangan holda qo‘lda kiritiladi.

 -15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari - biometrik  va xorijga chiqish pasporti bo‘yicha, ota yoki ona yoki ikkalasi  (vasiylari)ning hamrohligida yoki  voyaga etmagan shaxsning mustaqil ravishda chiqib ketishi uchun notarial tasdiqlangan ota-ona (vasiy)lari roziligi bilan.

- 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan xorijiy davlatlarda doimiy istiqomat qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari - biometrik xorijga chiqish pasportlari ota yoki ona yoki ikkalasi  (vasiylari)ning hamrohligida yoki  voyaga etmagan shaxsning mustaqil ravishda chiqib ketishi uchun notarial tasdiqlangan ota-ona (vasiy)lari roziligi bilan.

Yangiliklar arxivi

Pages