“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi SKY SERVICE 2019 tanlovining lauriyati

26 Apr 2019

O‘zbekiston milliy aviakompaniyasining bortkuzatuvchilari jamoasi SKY SERVICE 2019  IV Xalqaro forumidagi "Savdo - xizmat ko‘rsatish san‘ati" nominatsiyasida birinchi o‘rinni egallab, g‘olib bo‘ldi.

Indira Iraliyeva, Lyubov Ratushina, Faniya Babikova va Xojiyaxon Tillaxodjayeva joriy yilning 24-25-aprel kunlari Moskvada bo‘lib o‘tgan ushbu nufuzli professional forumda mamlakatimizni munosib tarzda namoyish etdilar.

SKY SERVICE – havo kemalaridagi xizmatlarni va servisni rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro  miqiyosidagi yirik tadbirdir. Forum bortkuzatuvchilarni  sertifikatlangan ISPY noyob o‘quv dasturi bo‘yicha tayyorlash, Sky Delight Awards 2019ning  yetakchi bort ketringlari Bosh oshpazlarining oshpazlik musobaqalari hamda  Sky Travel Awards 2019 mukofotining taqdirlash marosimi kabi an‘anaviy bo‘lgan bir nechta tadbirlarni birlashtirgan. 

Forum qatnashchilari Sky Shop katalogidagi brendlar ko‘rgazmasi, aviatsiya sohasidagi bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi, bortkuzatuvchilar o‘rtasidagi Sky Lady go‘zallik tanlovi, shuningdek,  ko‘plab master-klass va treninglarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK bortkuzatuvchilari jamoasi "SKY SERVICE 2018"ning "Yil jamoasi" va "Yilning eng yaxshi bortkuzatuvchisi"  kabi  ikkita unvoniga sazovor bo‘lishgan.

Yangiliklar arxivi

Pages