“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" MITT-2019 ishtirokchisi

13 Mar 2019

O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi 12-14-mart kunlari Moskvadagi "Expocentre" Markaziy ko‘rgazma majmuasida bo‘lib o‘tadigan yirik xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Ushbu sayyohlik ko‘rgazmasida MAK xizmatlari  mamlakatning yettita turistik tashkiloti bilan birgalikda O‘zbekistonning yagona milliy stendi tarkibida namoyish etilmoqda. Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasining turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi. 

MITT-2019 dasturi MITT Digital va Travel Trends konferentsiyalari, Market Shocks muzokaralari, “Turizm-oilaviy biznes” tok-shou va boshqa tadbirlari bilan boyitilgan.

Ko‘rgazmaning uch kunlik ishi davomida "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviatashuvlar sohasidagi o‘z xizmatlarini taqdim etadi. Shuningdek, O‘zbekiston milliy aviakompaniyasining parvozlari orqali sayyohlik guruhlarini O‘zbekistonga tashish bo‘yicha doimiy hamkorlar bilan B2B formatida uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

MITT - MDH davlatlarida bo‘lgani kabi chet ellarda ham turizm industriyasidagi eng yirik tadbirdir. Bu yilgi ko‘rgazmada 230ta mamlakat vakillari ishtirok etmoqda. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining nafaqat MITTda, balki boshqa xalqaro sayyohlik ko‘rgazmalari va yarmarkalaridagi faol ishtiroki, o‘z yo‘lovchilarini yetakchi korporatsiyalar  “Boeing” va “Airbus” avialaynerlarida qulay va xavfsiz parvoz bilan ta‘minlaydigan hamda samolyot bortida va yerda sifatli xizmat ko‘rsatib,  barqaror rivojlanayotgan aviakompaniya sifatidagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda.

Yangiliklar arxivi

Pages