“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi yangi Boeing 787-8 Dreamliner samolyotlaini sotib olish boʻyicha shartnomani imzoladi

10 Jan 2017

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK aviaparkini modernizatsiya va unifikatsiya qilish dasturi doirasida «Boeing» korporatsiyasi bilan yana toʻrtta Boeing 787-8 Dreamliner yangi avlod samolyotlarini yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolandi. Yangi Boeing 787-8 Dreamliner samolyotlarini 2019-2020 yillarda yetkazib berilishi kutilmoqda.

Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston  Milliy aviakompaniyasi ikkita Boeing 787-8 Dreamliner samolyotini Yevropa va Osiyo yoʻnalishlarida ekspluatatsiya qilmoqda.  Yoʻlovchilar  Dubay, Dehli, Istambul, Tel-Aviv, Almati, Moskva, Riga  yoʻnalishlarida orzu laynerining qulayligi va yuqori servis darajasini his etishga ulgurishdi. Tez orada milliy aviatashuvchi Boeing 787-8 Dreamliner samolyotlarida  oraliqlarda qoʻnmasdan uzoq masofalarga toʻgʻridan-toʻgʻri qatnovlarni ham bajara boshlaydi.

MAK yangi avialaynerlarida ham ilgarigi ikkita samolyotdagi singari eng yaxshi yoqilgʻi samaradorligini va past shovqin darajasini ta’minlaydigan GEnx dvigatellari oʻrnatiladi. Yoʻlovchi salonlari dizayniga tamoman yangicha yondoshuv yoʻlovchilar va ekipaj uchun uzoq masofalarga parvoz qilishda zarur boʻlgan maksimal qulayliklar yaratish imkonini beradi. Salonning ichki diametri Boeing- 767 ga qaraganda 1 metrga kengroq boʻladi.  Qulay va keng oʻrindiqlar, yangicha yoritish tizimi, pol qoplami va shovqindan izolyatsiya qilish tizimi parvozdan tamoman oʻzgacha, yanada yoqimli taassurotlar olishga imkon beradi. Har bir yoʻlovchi uchun shaxsiy ekranlar turlicha dasturlarni tomosha qilish uchun moʻljallangan boʻlsa, «Panasonic X3» koʻngilochar tizimi vaqtingizni xush kayfiyatda oʻtkazishingizni ta’minlaydi.

“Boeing” korporatsiyasi Prezidenti R.Konnerning oʻtgan  yil sentabrda Oʻzbekistonga qilgan tashrifi chogʻida yangi Boeing 787-8 Dreamliner samolyotlarini sotib olish haqida kelishuvga erishilgan edi.

Yangiliklar arxivi

Pages