"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Voronej shahri aeroportda o‘tkazilgan Ochiq eshiklar kunida ishtirok etdi

30 Aug 2018

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi aviatashuvlarni sotish bo‘yicha MAK bosh agenti - "AeroTour" kompaniyasi bilan birgalikda 25-avgust kuni  har yili "Voronej" xalqaro aeroportida bolib o‘tgan "Ochiq eshiklar kuni”da ishtirok etdi.

Bu yilgi tadbir Voronejda yo‘lovchi tashuvi boshlanganining 85 yilligiga bag‘ishlandi.  Aeroport hamkorlari, shu jumladan, "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi, o‘yinlar uchun ko'plab sovg‘alar taqdim etishdi.  Tadbir ishtirokchilari o‘rtasida bepul aviabiletlar, dam olish uchun yo‘llanmalar, xizmatlar uchun sertifikatlar o‘ynaldi, shuningdek, brendlangan esdalik sovg‘alari tarqatildi.

Ishtirokchilar "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi hamda MAK bosh agenti "AeroTour" tomonidan taqdim etildi "Malika" restoranida romantik kechki ovqat uchun sertifikatlarni yutib olish imkoniga ega bo‘lishdi.  Bundan tashqari, hamkor aviakompaniyalarning stendlari joylashgan aerovokzal maydonida tadbir mehmonlari sharqona shirinliklarni, shuningdek, haqiqiy o‘zbek oshini va shirin mantilarni tatib ko‘rishlari mumkin edi.  Qolaversa, bu yerda yo‘lovchilar Milliy aviakompaniyaning Voronejdan Toshkentga va qaytish qatnovlari, O'zbekistonga va Janubiy-Sharqiy Osiyoga sayyohlik turlari haqida ma‘lumot olishdi.

Aviatsiya xavfsizligi xizmati ma‘lumotlariga ko‘ra, shu kuni “Voronej” aeroportiga 29750 dan ziyod mehmon tashrif buyurgan.

Bugungi kunda "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Voronejga haftasiga ikki marta seshanba va shanba kunlari qulay Airbus A320 samolyotlarida muntazam qatnovlarni amalga oshirmoqda.

Yangiliklar arxivi

Pages