«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Nyu-Yorkka parvozlar sonini oshirmoqda

14 Feb 2018

Milliy aviakompaniya joriy yilning 5 - aprelidan boshlab Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishida ikkinchi muntazam qatnovni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar payshanba kunlari Boeing 787 Dreamliner samolyotlarida quyidagi jadval bo'yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

Payshanba: HY-101 Toshkent 05:45 - Nyu-York 10:00

Payshanba: HY-102 Nyu-York 12:45 - Toshkent 09:25 (+1)

2018- yil 29 - maydan 17- sentyabrga qadar esa, Nyu-Yorkga qatnovlar haftasiga uch marta, seshanba kunlari ham “orzu laynerlari”da quyidagi jadval bo'yicha bajariladi (mahalliy vaqt):

Seshanba: HY-101 Toshkent 05:45 - Nyu-York 10:00

Seshanba: HY-102 Nyu-York 12:45 - Toshkent 09:25 (+1)

Hozirda "O'zbekiston havo yo'llari" Milliy aviakompaniyasi Nyu-Yorkka Boeing 787 Dreamliner samolyotlarida haftasiga bir marta yakshanba kunlari yo'lovchi qatnovlarini amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar arxivi

Pages