"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Jiddaga muntazam qatnovlarni boshlaydi

10 Sep 2018

"O‘zbekiston havo yo‘llari"  Milliy aviakompaniyasi joriy yilning 28 oktyabridan boshlab, Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini amalga oshiradi. 

Toshkentdan Jiddaga va qaytish qatnovlari haftsiga ikki marta, seshanba va yakshanba kunlari zamonaviy Boeing-757 havo kemasida quyidagi jadval bo‘yicha bajariladi (MAHALLIY VAQT):

Seshanba va yakshanba: HY-335 Toshkent 17:50 - Jidda 21:00

Seshanba va yakshanba: HY-336 Jidda 22:30 - Toshkent 05:10 + 1

Eslatib o‘tamiz, shu paytga qadar Jidda qatnovlari "Haj" dasturi doirasida bajarilgan.

Yangiliklar arxivi

Pages