“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi “Haj-2019” dasturi bo‘yicha parvozlarni boshlaydi

23 Jul 2019

“Katta haj” amallarini bajarish istagini bildirgan O‘zbekistonlik ziyoratchilar 24-iyuldan 3-avgustga qadar Saudiya Arabistonining  Madina shahriga zamonaviy, qulay Boeing-787 havo laynerlarida yetkaziladi. Ziyoratchilarni Jidda shahridan o‘z vatanlariga qaytarish 17-avgustdan 1-sentabrgacha rejalashtirilgan.

Ta’kidlash  joizki, respublika aeroportlarida va MAK samolyot sahnlarida yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Aerovokzallarda ibodat uchun namoz xonalari mavjud, maxsus ishchi guruhi ziyoratchilarga bojxona rasmiylashtiruvlaridan  hamda qatnovga ro‘yxatdan o‘tishga yordam beradi.

Uchib ketish zallarida ularga yengil nonushta beriladi, havo kema sahnida esa, “Ketring” korxonasining maxsus taomnomasi asosida sifatli va mazali taomlar taqdim etiladi.

Yangiliklar arxivi

Pages