“Uzbekistan airways” AJ

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi bortkuzatuvchisi xalqaro Sky Lady 2019 tanlovida unvonga sazovor bo‘ldi

26 Apr 2019

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining bortkuzatuvchisi Karina Rahmonova birinchi Sky Lady 2019 tanlovida ikkinchi vitse-miss deya e’tirof etildi.

O‘zbekiston, Rossiya va Belorussiyadan tashrif buyurgan 17ta aviakompaniyaning bortkuzatuvchilari ishtirok etgan Sky Lady tanlovi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlov hakamlar hay‘ati a‘zolari bilan savol-javoblarni, shuningdek, uch nafar ishtirokchining o‘z aviakompaniyalarining formasi, casual–qiyofa hamda rossiyalik dizayinlarining oqshom liboslaridagi defilesini o‘z ichiga oldi.

Teleboshlovchi Arina Sharapova boshchiligidagi hakamlar hay‘ati qizlarning nafaqat professional qobiliyatlarini, balki jamoatchilik orasida o‘zini tutishi va notiqlik san’atidagi mahoratlariga baho berishdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, ikkinchi vitse-miss unvoni Uzbekistan Airwaysning bortkuzatuvchisi Karina Rahmonovaga nasib etdi, birinchi vitse-miss unvonini Nord Star aviakompaniyadan Zarina Stroyova oldi va Sky Lady 2019 tituliga esa, “Aeroflot”dan Darya Baranova sazovor bo‘ldi.