“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi “Bortda Internet” yangi xizmatini taqdim etmoqda

18 Mar 2019

O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi yo‘lovchilarga sevimli ijtimoiy tarmoqlarini tark etmasdan internet orqali  yaqinlari bilan muloqot qilib, so‘nggi yangilik va voqealardan boxabar  bo‘lib parvoz qilish imkoniyatini bermoqda. "Bortda Internet" yangi xizmati Milliy aviakompaniyaning internetga ulangan simsiz Wi-Fi tizimi bilan jihozlangan yangi Airbus A320neo havolaynerida mavjud.

Yo‘lovchilarga to‘rt turdagi paketlar taklif etiladi: LITE - tezkor messendjerrlarni ishlatish uchun 20 Mb, MEDIUM - ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish yoki yangiliklar saytlariga kirish uchun 50 Mb, STREAM - 120 Mb online ish yoki internetga chiqish uchun qulay internet, shuningdek, BUSINESS - 220 Mb mazkur xizmatning imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish. Internet tarif rejasining eng kam narxi - $ 5.95. Biznes-klass yo‘lovchilari uchun 50 Mb Internet to‘plami bepul taqdim etiladi.

Samolyotda simsiz Internetga kirish uchun xalqaro Visa bank kartalari va Uzcard milliy to‘lov tizimi yordamida to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Bundan tashqari, ushbu xizmatni uchishdan kamida bir sutka oldin aviakompaniyaning rasmiy veb-saytida rasmiylashtirishingiz mumkin.

Internet tarmog‘iga ulangan MAK qatnovlari haqidagi ma’lumotlarni aviakompaniyaning rasmiy veb-saytidagi “Bo‘sh o‘rinlar” interfaol xizmatlar bo‘limidan olishingiz mumkin. Parvozdan bir kun oldingi qatnovlarga  oid ma’lumot esa, "Bortda Internet" bo‘limida mavjud. 

"Bortdagi Internet" xizmati Wi-Fi belgisi bilan ajratilgan qatnovlarda taqdim etiladi.- 

Yangiliklar arxivi

Pages