«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi barcha yo‘nalishdagi qatnovlarga aviabiletlarni milliy valyutada sotishni boshladi.

05 Sep 2017

Yo‘lovchilarga qulay sharoit yaratish maqsadida 2017-yilning 5-sentyabridan boshlab, «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi hududidan bajariluvchi barcha yo‘nalishdagi qatnovlarga aviabiletlarni milliy valyutada sotishni boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida aviabiletlar barcha toifadagi yo‘lovchilar (O‘zR rezident va norezidentlari)ga milliy valyutada sotiladi. To‘liq ma’lumotni MAK qatnovlariga aviabiletlarni sotuvchi rasmiy ofislardan yoki aviakompaniyaning call-sentr markazining 140-02-00 telefon raqami orqali olish mumkin. Aviabiletlarni, shuningdek, aviakompaniyaning www.uzairways.com rasmiy saytida bron qilish va sotib olish mumkin.

Yangiliklar arxivi

Pages