“Uzbekistan airways” AJ

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK “Ketreng”i eng yaxshi deb topildi

02 Jun 2019

O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi samolyot sahnida taqdim etayotgan o‘zining eng mazali taomlari bilan xorijiy aviakompaniyalarning reytingida birinchi o‘rinni egalladi.

“Tutu.ru” xizmati 2018-yilning aprelidan 2019-yilning apreliga qadar 27500 nafar mustaqil yo‘lovchilar orasida  parvoz davomidagi eng mazali taomlarni taqdim etadigan aviakompaniyalar reytingi uchun o‘tkazgan so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi ikki yil avval bo‘lgani kabi reytingning mutloq g‘olibiga aylandi.

Yolovchilar fikriga ko‘ra, O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi taomlari judayam totli va to‘yimlidir. Shuningdek, ularga 6 soatdan ko‘p parvoz qiluvchi yo‘lovchilarga asosiy ovqatdan tashqari nonushta berilishi ham yoqadi.     

Ta’kidlash joizki, sahn taomlarini MAK “Ketring” DUKning eng malakali oshpazlari tayorlaydi. Uning taomnomasi va tarkibi muntazam ravishda yo‘lovchilar talab va istaklarini hisobga olgan holda yangilanib boriladi. Shuningdek, taomlar tayyorlanganda yo‘nalish hamda yo‘lovchilarning qanday taomlarni afzal ko‘rishlari inobatga olinadi.

Parvoz paytida issiq va sovuq taomlar, turli gazak tanlovi, sarxil ichimliklar, shuningdek, taniqli brendlarning spirtli ichimliklari, mevalar, ko‘katlar va sabzavotli garnirlar mo‘lligi, sharqona iforni beruvchi milliy somsalar,  mayiz, o‘rik va yong‘oqlardan ibotar quritilgan mevalar taqdim etiladi.

Aviakompaniya yo‘lovchilari odatiy sahn taomlari bilan birga bepul ravishda o‘zlariga mos keladigan, yoshi va diniy e’tiqodlarini hisobga olgan holda maxsus (vegetarian,  kosher, bolalar va boshqa) taomlarga buyurtma berishlari mumkin.  Mazkur taomlarni aviachipta xarid qilganda qayd etish kerak va aeroportda ro‘yxatga olish vaqtida tasdiqlab olish lozim.