“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK “Joyni tanlash” interfaol xizmatini joriy etishga kirishdi

08 Jan 2018

2018 – yil 08-yanvardan aviakompaniya “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK qatnovlariga “Joyni tanlash” interfaol xizmatini joriy etishga kirishdi.

Ushbu bosqichda xizmatlar yaqin xorij mamlakatlariga Airbus А-320 havo kemalarida bajariladigan qatnovlar uchun koʻrsatiladi. Keyinchalik ushbu turdagi xizmatlarni barcha yoʻnalishlarda joriy etish moʻljallangan.

MAKning xalqaro qatnovlarida, qatnovni bajaradigan havo kemasidagi oʻrindiqlar xaritasiga muvofiq pullik va bepul asoslarda oʻrindiqlarni oldindan tanlash va bronlash xizmati koʻrsatiladi.

HK sahnidagi eng qulay zonalarda, havo kemasining birinchi qatorlarida joylashgan uncha koʻp boʻlmagan sondagi ma’lum raqamli pullik joylar taklif qilinadi. Yoʻlovchi shuningdek xizmat koʻrsatish klassiga muvofiq aviachipta haqi toʻlangan salondan oʻzi ma’qul koʻrgan aksariyat joyni bepul tanlashi va bronlashi mumkin.

Oldindan joy tanlash va bronlash qoidalari bilan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK saytida tanishish mumkin.

Yangiliklar arxivi

Pages