“Uzbekistan airways” AJ

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK havo yo‘llarida bagaj tashish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi

03 Oct 2014

         Joriy yilning 1-oktabridan yangi qoidalarga muvofiq, tele-, video- va radioapparaturalar ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagajda narxi e’lon qilingan holda olib ketiladi, bunda yo‘lovchidan tashiladigan bagajning e’lon qilingan narxidan 10 foiz miqdorida qo‘shimcha yig‘im olinadi.

         Agar yo‘lovchi ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagaj sifatida yuqorida ko‘rsatilgan toifadagi bagajni narxi e’lon qilinadigan bagaj sifatida rasmiylashtirishdan va uning uchun tegishli yig‘imni to‘lashdan bosh tortsa, aviakompaniya ko‘rsatilgan toifadagi bagajning but saqlanishi uchun javobgarlikka ega bo‘lmaydi.