“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" KITF-2019 ishtirokchisi

19 Apr 2019

O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi MAKning Qozog‘istondagi aviatashuvlarini sotish bo‘yicha Bosh agenti hisoblangan "Global Air" aviakompaniyasi bilan hamkorlikda 2019-yil 17-19 aprel kunlari Qozog‘istonning Almati shahrida bo‘lib o‘tgan "Turizm va sayohat" “KITF-2019” XIX-xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

Ko‘rgazma davomida MAK vakillari tomonidan ham faoliyat yuritayotgan hamda potentsial hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. "O‘zbekiston havo yo‘llari" stendiga tashrif buyurgan mehmonlarga parvozlar geografiyasi, qatnovlar jadvallari, MAK parkining Internet tarmog‘iga simsiz ulanish tizimi bilan jihozlangan yangi Airbus A320neo va Boeing 787-8 Dreamliner samolyotlari bilan to‘ldirilishi, shuningdek, aviakompaniyaning qo‘shimcha xizmatlari haqida ma‘lumotlar taqdim etildi. MAKning Jakarta (Indoneziya) va Tbilisi (Gruziya) shaharlariga qo‘yilgan  yangi yo‘nalishlari faol targ‘ib etildi. Ko‘rgazma ishtirokchilari o‘zbek aviakompaniyasining ham Qozog‘iston, ham butun dunyo bozoridagi aviatsion imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi.

Ta‘kidlash joizki, ushbu sayyohlik ko‘rgazmasi 2000-yildan beri o‘tkazilib kelinadi, shuningdek, Markaziy Osiyodagi eng yirik professional sayyohlik maydoni hamda mamlakatdagi turizm sohasining asosiy voqeasi hisoblanadi.

Yangiliklar arxivi

Pages