“Uzbekistan airways” AJ

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Janubiy-Sharqiy Osiyoga qatnovlarni avvalgi yo‘nalishlar bo‘yicha amalgaoshirishni boshladi

16 Jul 2019

Pokistonning havo hududi tijoriy tashuvlarni amalga oshirish uchun ochilishi munosabati bilan "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Janubiy-Sharqiy Osiyo yo‘nalishlarida uchish vaqtini ikki martaga qisqartirdi.

Ta’kidlash joizki, Pokiston havo hududi yopilgandan so‘ng, MAK o‘z parvozlarini ushbu davlat hududini aylanib o‘tgan holda bajarib kelmoqda edi, bu esa parvoz vaqti oshihiga sabab bo‘lgan. Masalan, Toshkent-Dehli - yo‘nalishida parvoz vaqti  04.55 soat, Dehli-Toshkent  05.30 soatni tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu qatnov Toshkentdan  Dehliga kelish 02.50 soatni, Dehli shahri (Indira Gandi nomidagi) xalqaro aeroportidan Toshkent (I.Karimov nomidagi) xalqaro aeroportiga  2.30  tashkil etmoqda. Shuningdek, Toshkent-Bangkok-Toshkent, Toshkent-Amritsar-Toshkent, Toshkent-Kuala-Lumpur-Toshkent, Toshkent-Jakarta-Toshkent va Toshkent-Mumbay-Toshkent yo‘nalishlarida ham parvoz vaqti qisqardi.