“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Jakarta shahriga birinchi parvozni bajardi

03 May 2019

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Indoneziya poytaxtiga Kuala-Lumpur orqali ilk parvozini amalga oshirdi.

Samolyotda Jakarta shahriga O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Ilxom Maxkamov boshchiligida Davlat Turizm qo‘mitasi, Madaniyat ishlari vazirligi, sayyohlik kompaniyalari va tadbirkorlardan tarkib topgan O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Indoneziya poytaxtining “Sukarno-Hatta” xalqaro aeroportida O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi va "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK bilan hamkorlikda ilk parvoz yo‘lovchilarini tantanali kutib olish marosimi uyushtirildi.

Tadbirda O‘zbekistonning Indoneziyadagi turizm brendi elchisi Eko Gri Margianti, aeroport ma‘muriyati, shuningdek, ikki davlat ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Mazkur yo‘nalishning ochilishi doirasida O‘zbekiston va Indoneziyaning 150 dan ortiq sayyohlik kompaniyalari hamda tegishli biznes tuzilmalari vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Indoneziya turizm forumi bo‘lib o‘tdi.

Ta‘kidlash joizki, yangi qatnovnining ochilishi ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va mamlakatlar sayyohlik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi Jakartaga muntazam yo‘lovchi qatnovlarini haftada ikki marta quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiradi:

Chorshanba:

  • HY-551 Toshkent 06:45 - Kuala-Lumpur 18:15

  • HY-552 Kuala Lumpur 19:50 - Jakarta 21:00

  • Jakarta 22:30 - Toshkent 07:00

Payshanba:

  • HY-553 Toshkent 21:25 - Jakarta 09:25

  • Jakarta 10:50 - Kuala Lumpur 14:05

  • HY-554 Kuala Lumpur 15:25 - Toshkent 21:35

Yangiliklar arxivi

Pages