“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Bishkekka qatnovlarga tariflarni pasaytiradi

10 Jan 2018

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi Toshkent-Bishkek-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha tabaqalashtirilgan tariflarni kiritadi va aviachiptalar narxini pasaytiradi.

10-yanvardan boshlab yoʻlovchilar Qirgʻizistonga aviachiptalarni O/S/U/L klasslariga yangi uch oylik tariflar boʻyicha sotib olishlari mumkin.

Aviachiptaning minimal narxi bir tomonga 91 Yevroni, borish va qaytish narxi esa 171 yevroni tashkil qiladi. Toʻlov Oʻzbekiston Respublikasi MBning toʻlov kunidagi kursi boʻyicha amalga oshiriladi. Chiptalarni aviakassalarda va aviakompaniya sayti orqali xarid qilish mumkin.

Minimal tariflar boʻyicha sotiladigan chiptalar soni cheklangan.

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Toshkent-Bishkek-Toshkent qatnovlarini zamonaviy A320 havo kemalarida haftasiga ikki marta: seshanba va payshanba kunlari bajaradi.

Parvozlar jadvali shundaytuzilganki, Bishkekka boradigan yoʻlovchilar oʻz sayohatlarini ertalabki yoki kechki soatlarga rejalashtirishlari mumkin (MAHALLIY VAQTDA):

  • Sheshanba kuni Toshkentdan uchish 18:05, Bishkekka yetib borish 20:20
  • Chorshanba kuni Bishkekdan uchish 06:45, Toshkentga yetib kelish 07:05.
  • Payshanba kuni Toshkentdan uchish 06:15, Bishkekka yetib borish 08:30
  • Payshanba kuni Bishkekdan uchish 18:40, Toshkentga yetib kelish 19:00.

Yangiliklar arxivi

Pages