“Oʻzbekiston havo yoʻllari” bilan birga imtiyozli tariflarda mamlakat boʻylab sayohat qiling!

29 Dec 2017

Mamlakat tarixida ilk marotaba Prezident Farmoni bilan Yangi yilda besh kunlik uzluksiz dam olish kunlari belgilandi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farmoniga binoan bayram (ishlanmaydigan) kunlarning uzaytirilganligini hisobga olgan holda respublika aholisi uchun ichki turizm marshrutlarini shakllantirish va dam olish kunlaridan samarali foydalanishni tashkil qilish hamda mehmonxona va transport xizmatlariga chegirmalar va aksiyalar tizimini joriy qilish koʻzda tutilgan.

Farmonni bajarish maqsadida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi bayram kunlarida, ya’ni 2017-yilning 30-dekabridan 2018-yilning 3-yanvariga qadar oʻzbekistonliklar mamlakat boʻylab sayohat qilishlari, Buyuk Ipak yoʻli shaharlaridagi tarixiy-madaniy obidalarga tashrif buyurish imkoniyatidan foydalana olishlari uchun mahalliy yoʻnalishlarda 50 % gacha chegirmalarni kiritadi.

Oʻzbekiston Milliy aviakompaniyasi tomonidan MAKning respublika ichidagi barcha qatnovlariga yangi yil bayrami kunlarida, ya’ni 2017-yilning 30-dekabridan 2018-yilning 3-yanvariga qadar quyidagi chegirmalar ishlab chiqildi:

  • 40% – sayyohlik guruhlari uchun (5 va undan ortiq kishi), 6 dan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar; litsey, kollej va oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun;
  • 50% – oilalar uchun (2 va undan ortiq kishi), bolalari bilan uchadigan ota-onalar uchun.

Yangiliklar arxivi

Pages