"O‘zbekiston havo yo‘llari" Barselonaga qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

16 Jan 2018

Hurmatli yo‘lovchilar! "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi parvozlar geografiyasini kengaytirishni davom ettirmoqda.

2018-yil 24- maydan Toshkent- Barselona- Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha Ispaniyaga yangi muntazam qatnov ochiladi. Ushbu yo‘nalishdagi qatnovlar har haftaning payshanba kunlari zamonaviy Boeing havo kemalarida bajariladi.

Parvozlar jadvali (mahalliy vaqtda):

HY-259 qatnovi. Toshkentdan uchish - 03.10. Barselonaga yetib borish- 08.05.

HY-260. Barselonadan uchish- 09.45; Toshkentga yetib kelish- 19.50.

Ma‘lumotlarni 140 02 00 telefoni orqali olish mumkin.

Aviachiptalarni barcha sotish shoxobchalarida va www.uzairways.com saytidan onlayn tarzda sotib olish mumkin.

Yangiliklar arxivi

Pages