“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Arabian Travel Market-2019 ishtirokchisi

29 Apr 2019

O‘zbekiston aviakompaniyasi 28 aprel – 1 may kunlari Dubay (BAA) shahrida bo‘lib o‘tayotgan Arabian Travel Market-2019 sayyohlik ko‘rgazmasida o‘z xizmatlarini taqdim etmoqda.

Dunyoning 80ta mamlakatidan 2500 nafar eksponentlar, jumladan, Yevropa, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Janubiy va Markaziy Afrika, AQSh va Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlaridan 60ta milliy turizm tashkilotlari yangi tendentsiyalarni aniqlash, yaqin aloqalar o‘rnatish, hamkorlik bitimlarini tuzish, tajriba almashish va jahon sayyohligining so‘ngi yangiliklari haqida ma‘lumot olish uchun Yaqin Sharqdagi mazkur yirik sayyohlik maydonida to‘plandilar.

Ko‘rgazmaning birinchi kunidayoq "O‘zbekiston" Yagona milliy stendi ko‘plab mehmonlarni, jumladan, sayyohlik bozorining mutaxassislari va potentsial sayyohlarni  e‘tiborini tortdi. Aviakompaniyaning keng miqyosli xizmatlari, samolyotlar parki, muntazam yo‘lovchi va yuk qatnovlari, Yaqin Sharq va Fors bo‘g‘ozi mamlakatlariga parvozlar hamda yangi yo‘nalishlar haqida ma‘lumot olish imkonini beruvchi "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK stendi  tashrif buyuruvchilar soni ko‘pligi bilan ajralmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi Dubayga haftasiga besh marta (seshanba va shanba kunlaridan tashqari), Sharja shahriga haftasiga ikki marta (seshanba va shanba kunlari) muntazam yo‘lovchi qatnovlarini zamonaviy va qulay havo laynerlarida amalga oshiradi.

Ta’kidlash joizki, ushbu xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etish, O‘zbekiston milliy aviatashuvchisining ushbu mintaqa mamlakatlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlari va yirik sayyohlik salohiyatini taqdim etish, o‘zbek sayyohlik yo‘nalishini ommalashtirish, yangi aloqalar o‘rnatish, Yaqin Sharq bozori hamkorlari bilan hamkorlikni mustahkamlash, qolaversa, arab mamlakatlaridan yurtimizga sayyohlarni jalb qilish uchun ajoyib imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi.

Yangiliklar arxivi

Pages