“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Airbus A320neo avialaynerni ekspluatatsiyasini boshladi

14 Mar 2019

Bugun, 14-mart kuni O‘zbekiston Mlliy aviakompaniyasining yangi Airbus A320neo samolyoti o‘z qatnovlarini boshladi. Toshkent-Baku-Toshkent yo‘nalishidagi birinchi qatnov mahalliy vaqt bilan soat 13:40da poytaxt aeroportidan bajariladi.

 

Birinchi yo‘lovchilar yangi samolyotning afzalliklari - zamonaviy dizayni, qulay va keng o‘rindiqlar bilan birga individual ko‘ngilochar dasturli monitorlar, aloqa va Wi-Fi tizimlari, manzilga qadar qulay parvozni ta‘minlaydigan yaxshilangan tovush izolatsiyasi va sahnida yaratilgan boshqa qulayliklar bilan tanishishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11-mart kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK aviaparki Airbus A320neo samolyoti bilan to‘ldirildi, ikkinchi samolyotning keltirilishi esa, shu yilning  aprel oyida kutilmoqda.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining Yangi Airbus A320neo samolyoti ikki klassli komponovkada ishlangan bo‘lib, 150 yo‘lovchini (biznesda - 12ta, ekonom klassda - 138ta) tashishga mo‘ljallangan. Samolyot yoqilg‘i tejamkorligini ta’minlovchi CFM International kompaniyasining LEAP-1A yangi dvigatellari va aerodinamik xususiyatlarini yaxshilovchi fyuzelyaj konstruksiyasidagi zamonaviy ishlanmalar tufayli oldingilariga nisbatan 20 foizga tejamkordir.

Iqtisodiy samaradorligi yuqori avialaynerning parvoz masofasi 4,5 mingdan 6 ming kilometrgacha uzaytirilganligi butun Markaziy Yevropa bo‘ylab qatnovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Yangiliklar arxivi

Pages