“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

Milliy aviakompaniya qishki parvozlar jadvaliga oʻtadi

28 Oct 2017

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK 29-oktabrdan qatnovlarni qishki jadval boʻyicha bajarib boshlaydi. Qishki jadval 2018-yilning 24-martiga qadar amal qiladi. Qishki davrda Milliy aviakompaniya  ehtiyoj katta boʻlgan bir qator yoʻnalishlarga qatnovlar sonini oshiradi, shuningdek “Samarqand” aeroportidan bajariladigan parvozlar geografiyasini kengaytiradi.  Jadvaldagi yangilik – Samarqand-Istanbul-Samarqand yoʻnalishi boʻyicha qatnov. “Samarqand” aeroportidan Turkiyaga muntazam qatnovlar 30-oktabrdan boshlab  Airbus A320 va Boeing 757 samolyotlarida bajariladi. Qatnovlar dushanba kunlari, 16-noyabrdan boshlab esa –payshanba kunlari  ham  bajariladi.

Amritsarga parvozlar soni  oshadi – haftaga ikki marta bajariladi, Seulga qatnovlar soni haftasiga besh martaga yetkaziladi.  Mahalliy aviayoʻllar boʻyicha yangi yoʻnalishlar masalasi ishlab chiqilmoqda.  Aviakompaniya yuk tashuvlari yoʻnalishlari faol rivojlanmoqda. “Navoiy” xalqaro aeroportidan Boeing 767  yuk samolyotlari Frankfurt, Dehli, Dubay, Shanxay singari shaharlarga muntazam qatnovlarni bajarmoqda, Guanchjou (Xitoy) shahriga yangi yoʻnalish ochildi.

Oʻzbekiston Milliy aviakompaniyasi qishki navigatsiyaga katta rejalar va loyihalar bilan kirib kelmoqda.

Milliy aviatashuvchi dunyoning 23 mamlakatiga 52 yoʻnalish boʻyicha qatnovlarni amalga oshiradi.

Yangiliklar arxivi

Pages