MAK Dubayga qoʻshimcha qatnovlar kiritadi

31 Jan 2018

Yoʻlovchilarning Dubayga (BAA) qatnovlar boʻyicha yuqori talablarini inobatga olib 2018-yilning 19-fevralidan 23-martiga qadar  “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK Toshkent-Dubay-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha qatnovlarni kiritadi.

Toshkent-Dubay-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha qatnovlar dushanba va juma kunlari zamonaviy Boeing 757 havo kemalarida quyidagi jadval boʻyicha bajariladi:

Dushanba kunlari:

НY 333 – Toshkent - 08:20’,  Dubay – 10:55’.

НY 334 – Dubay   – 12:55’, Toshkent –  17:10’.

Juma: 

НY 333  –  Toshkent –  08:20, Dubay –  10:55.

НY 334  – Dubay –    13:00, Toshkent – 17:15.*

Hozirgi paytda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK  Toshkent-Dubay-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlarni  haftasiga 3 marta bajarmoqda: chorshanba, payshanba va yakshanba kunlari.

*Uchish va qoʻnish barcha punktlarda mahalliy vaqtlarda koʻrsatilgan.

Yangiliklar arxivi

Pages