“Uzbekistan airways” AJ

Kiyevga charter qatnovlar!

10 Sep 2019

Joriy yilning 5 oktyabridan boshlab “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy avaikompaniyasi “Charter Flights Group” MCHJ bilan hamkorlikda Toshkent-Kiyev-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter qatnovlari yo‘lga qo‘ymoqda.

Qatnovlar haftasiga bir marta quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

Toshkentdan uchib ketish - 23:55 (shanba), Kiyevga uchib kelish -  02:45 (yakshanba)

Kiyevdan uchib ketish - 04:15 (yakshanba), Toshkentga uchib kelish - 10:45 (yakshanba)

Aviaqatnovlar Boeing 757 va Airbus A320 samolyotlarida bajariladi.

Chiptalarni sotib olish uchun “Charter Flights Group” MChJga murojaat qiling:

Toshkent shahar Chilonzor tumani, 11-daha, 46-uy.

Tel: (998) 93 516 7171, (998) 93 566 7575,

Kiev shahri  Saksaganskiy ko‘chasi, 5-uy, 3-ofis.

Tel: (380) 66 697 9999, (380) 68 011 5555