“Uzbekistan airways” AJ

Joriy yilning 30-oktabridan havo kemalari parvozlarining qishki jadvaliga muvofiq, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Riga shahriga muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi.

06 Oct 2015

Parvozlar Toshkent-Riga-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab haftada bir marotaba, juma kuni, zamonaviy va qulay Boeing-767 avialaynerlarida bajariladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi Toshkent-Riga-Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha haftaning yettinchi kunlari doimiy qatnovlarni amalga oshirib kelmoqda.