“Uzbekistan airways” AJ

Immigratsiya qoidalari borasida bilimlarni boyitish

10 Apr 2019

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Direktsiyasida aviakompaniyaning Tashuvlarni tashkil etish va yer usti xizmati MAKning Parijdagi vakolatxonasi hamda Rossiya Federatsiyasining Frantsiyadagi elchixonasi bilan birgalikda “SCHINGEN vizasi tekshiruvi va Fransiya Respublikasining immigratsiya qonunlari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

MAK mutaxassislarini Fransiya hamda Shengen kelishuvi davlatlarining viza va immigratsiyon qoidalari sohasidagi bilimini oshirish, shuningdek, hujjatida kamchiligi bor yo‘lovchilarni aniqlash ishlarini takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan ushbu seminarda Rossiya Federatsiyasidagi Fransiya elchixonasining ofitseri Frank Petretik aviakompaniya va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlarini Shengen vizasining yangi turlari va uning himoyalanish xususiyatlari bilan tanishtirdi. Seminar ishtirokchilari Yevropa Ittifoqidagi davlatlariga kirish uchun kerakli hujjatlar borasida to‘liq ma‘lumot oldilar.

Mazkur tadbir O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi va xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari bilan tajriba almashinishdagi hamkorlikning ijobiy namunasi bo‘lib, shubhasiz, kelgusida respublika aeroportlarida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga yordam beradi.