“Uzbekistan airways” AJ

Faxrlanamiz va unutmaymiz!

03 May 2019

Umumxalq bayram - 9 may - Xotira va qadrlash kuni, keksa avlodga asrlar davomida ;bizga namuna bo‘lgan qahramonliklari va erishgan zafarlari uchun chuqur hurmat va minnatdorchilik timsoliga aylandi.

Bu kun biz o‘zlarining insoniy burchini bajarib, janglarda halok bo‘lgan va yorqin kunlarimizni ko‘rish nasib etmaganlarning xotirasi oldida boshimizni egamiz. Shu bilan birga, bugungi kunda oramizda bo‘lgan urush va mehnat faxriylariga hurmat ko‘rsatishimiz kerak. Ular sinmas ruhiyat, fidokor, jasorat va qat'iyatlilikning mustahkam namunasidir.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi ushbu muhim kun arafasida o‘z faxriylarini taqdirlamoqda. MAKning barcha tarkibiy bo‘linmalarida ular uchun tantanali uchrashuvlar, konsertlar va esdalik sovg‘alari tashkil etilgan.

Bayram arafasida MAK mutaxassislari mehnat fronti faxriylari Leonid Klochko, Valentina Ganshin, Tatyana Chistyakova, Azizaxon Ibodiyevalar xonadonlariga o‘z tashriflari bilan o‘zbek aviatsiyasining rivojlanishiga qo‘shgan hissalari uchun minnatdorlik izhor etdilar. Faxriylar suhbat davomida o‘zlarining kechirgan mashaqqatli damlarini eslab o‘tib, urushdan keyingi yillarda o‘z ish faoliyatlari haqida g‘ayrat bilan aytib berishdi.

Aviakompaniya rahbariyati tomonidan ularga pul mukofotlari va gullar, MAKning barcha jamoasi nomidan esa, salomatlik va uzoq umr tilaklar bildirildi.

;Shuni ta‘kidlash kerakki, uyda o‘tkaziladigan bunday uchrashuvlar doimo ijobiy his-tuyg‘ularga to‘la bo‘lib, faxriylar o‘zlarini esga olinilganligini his qiladilar. Shuningdek, fahriyarimiz yonida o‘tkaziladigan daqiqalar har birimiz uchun o‘zgacha qadrlidir.

Ularga hurmat va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish - bu nafaqat an‘ana, balki bizning burchimiz va ularning bebaho nasihatlari qimmatli yo‘riqnomalari mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va farovonlikni qadrlashga talab qiladi.